KRASNODAR OʻLKASI

KRASNODAR OʻLKASI — RF tarkibida. Rossiya Yevropa qismining jan. da joylashgan. Shim. Kavkaz iqtisodiy r-niga kiradi. 1937-y. 13 sent. da tashkil etilgan. Mayd. 760 ming km2. Aholisi 5074,8 ming kishi (1998), asosan, ruslar, shuningdek, ukrain, belorus, arman va b. yashaydi. Shaharliklar 54%. 38 maʼmuriy tuman, 26 shaar, 23 shaharcha mavjud. Markazi — Krasnodar sh. Qora … Читать далее

KOCHABAMBA

KOCHABAMBA — Boliviyaning markaziy qismidagi shahar. Sharqiy Kordilyera togʻlari oraligʻidagi soylikda, 2600 m balandlikda joylashgan. Kochabamba departamentining maʼmuriy markazi. Aholisi 560,2 ming kishi (1997). T. y. stansiyasi, avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroport bor. Mamlakatning yirik q. x. rayonlaridan bi-rining markazi. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, koʻn-teri sanoati korxonalari, neftni qayta ishlash z-di mavjud. Vino ishlab chiqariladi. Shaharga 1374-y. da … Читать далее

KIMGANSAN

KIMGANSAN (koreyscha kimgan – olmos, san — togʻ) , Olmos togʻlari — Sharkiy Koreya togʻlarining shim. qismi, Shim. Koreyada. Uz. 80 km chamasida, eng baland joyi 1638 m. Granit jinslardan tuzilgan parallel tizmalardan iborat. Tor daryo daralari bilan oʻyib yuborilgan. Turli-tuman manzarali relyef shakllari, sharsharalar uchraydi. Yon bagʻirlari dub va aralash oʻrmonlar bilan qoplangan. Volfram, … Читать далее

KANN

KANN — Fransiya jan. dagi kurort shahar. Oʻrta dengiz boʻyidagi port. Iqlimi subtropik oʻrta dengiz iqlimi. Yozi iliq va quruq (iyulning oʻrtacha t-rasi 22,6°), qishi yumshoq (yanv. ning oʻrtacha t-rasi 9,3°). Yillik yogʻin 800 mm. Fransiya Rivyerasi kurortlari guruhi tarkibida. 1946-y. dan boshlab Kannda har yili xalqaro kinofestivallar oʻtkaziladi. Turizm rivojlangan. Turistlar va dam oluvchilarga … Читать далее

KRINITSA

KRINITSA — Polshadagi iqlim kurorti, Visla daryosi havzasida, NoviSonch togʻlaridan jan.-sharqda, 600 m balandlikda. Iqlimi moʻtadil nam, qishi yumshoq quyoshli (yanv. ning oʻrtacha t-rasi —5°) va yozi moʻtadil iliq (iyulning oʻrtacha t-rasi 17°), yiliga 800 mm yogʻin yogʻadi. Karbonat angidridli mineral suvlar, torfli balchiq bilan davolanadi. 19-a. oʻrtalaridan boshlab kurort sifatida rivojlangan. Dam olish, turizm … Читать далее

ZOMBA

ZOMBA — Malavidagi shahar. Mamla-katning jan. da, Zomba togʻining oʻrmonli yon bagʻrida, 900 m balandlikda joylashgan. Aholisi shahar atrofi bilan birga 65,9 ming kishi (1998). Zombaga 1886-y. da asos solingan. 1891 — 1964-y. larda Britaniyaning Nyasalend protektorata (1953—63 y. larda Rodeziya va Nyasalend Federatsiyasi)ning maʼmuriy markazi. 1964—74 y. larda mustaqil Malavi davlatining poytaxti. Un-t bor. … Читать далее

ZAKARPATYE VILOYATI

ZAKARPATYE VILOYATI — Ukraina tarkibidagi viloyat. 1946-y. 22 yanv. da (Zakarpatye Ukrainasi Ukrainaga qoʻshilgandan soʻng) tashkil etilgan. Mayd. 12,8 ming km2. Aholisi 1288,6 ming kishi (1997), asosan ukrainlar, shuningdek, venger, rus, rumin, slovaklar ham yashaydi. Markazi — Ujgorod sh. 3. v. Sharqiy Karpat togʻlarida va Oʻrta Dunay tekisligida joylashgan. Viloyat hududining 80% togʻ (eng baland … Читать далее

BUVAYDA TUMANI

BUVAYDA TUMANI — Fargʻona viloyatmdagi tuman. 1926-y. 29 sent. da tashkil etilgan. 1959-y. 14 dek. da tugatilib, uning hududi Uchkoʻprik va Bagʻdod tumanlariga qoʻshib yuborilgan. 1973-y. 26 dek. da qayta tuzildi. Tuman xududi Qoʻqon sh. dan shim. roqsa joylashgan. Buvayda tumani viloyatning Bagʻdod, Uchkoʻprik, Dangʻara, Oltiariq tumanlari, Namangan viloyatining Pop tumani bilan chegaradosh. Mayd. 0,28 … Читать далее

BURGAS

BURGAS — Bolgariyaning sharqidagi shahar, Qora dengizning Burgas qoʻltigʻi sohilida. Burgas viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 215 mingdan ziyod kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Muhim transport yoʻllari tuguni, mamlakatning Varna shahri bilan teng keladigan asosiy portlaridan. Xalqaro aeroport bor. B. orqali chetga tamaki, hoʻl meva, mevasabzavot konservalari chiqariladi. Burgasda neftkimyo, yogʻochni qayta ishlash k-ti, oziq-ovqat sanoati, elektr … Читать далее

GAGRA

GAGRA — Gruziyaning Abxaziya Respublikasidagi shahar. Qora dengiz boʻyidagi port. T. y. stansiyasi. Aholisi 26,6 ming kishi (1990-y. lar urtalari). Dengiz boʻyi iqlimiy va balneologik kurort. Yozi issiq (avg. ning oʻrtacha t-rasi 23°), qishi yumshoq (yanv. ning Urtacha t-rasi 6°), yiliga 1400 mm gacha yogʻin tushadi. Aerogeliotalassoterapiya va vodorod sulfidli suv bilan davolash yoʻlga qoʻyilgan. … Читать далее