BANGALOR

BANGALOR, Bengaluru — Hindiston jan. dagi shahar, Karnataka shtatining maʼmuriy markazi. T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Aholisi 2,7 mln. kishi (1991). Mamlakatning muhim sanoat, fan va madaniyat markazi. Mashinasozlik (samolyotsozlik, stanoksozlik, telefon va elektr asbobuskunalari) sanoati, toʻqimachilik, koʻp poyabzal, sovungarlik, farmatsevtika korxonalari bor. Hunarmandchilik rivojlangan, chinni va shisha buyumlar ishlab chiqariladi. Kosmik tadqiqotlar markazi. … Читать далее

VARNA

VARNA — Bolgariya sharqidagi shahar, Varna viloyatining maʼmuriy markazi. Mamlakatning Qora dengiz boʻyidagi yirik porti. Bolgariya eksport va importining qariyb yarmi Varna orqali oʻtadi. Xalqaro aeroport bor. V. mamlakatning turli tumanlari, boshqa shaharlari bilan t. y. va avtomobil yoʻllari orqali bogʻlangan. Aholisi 316 mingdan ziyod kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Varna mashinasozlik, toʻqimachilik, oziq-ovqat va ip … Читать далее

BATUMI

BATUMI — Gruziya Respublikasidagi shahar (1878-y. dan), Ajariya Respublikasi poytaxti (1921-y. dan). Qora dengiz sohilidagi yirik port, kurort shahar va sanoat markazi. Boku — Batumi t. y. ning oxirgi st-yasi. Jan. da Turkiya bilan chegaradosh. Aholisi 137 ming kishidan ziyod (1999). Batumining iqlimi iliq, nam subtropik. Oʻrtacha yillik t-ra 14°, avg. da oʻrtacha t-ra 23°, … Читать далее

YALTA

YALTA — Ukrainaning Qrim Respublikasidagi shahar (1837 yil dan). Qora dengiz boʻyidagi port va mashhur iqlimiy kurort, Qrim ya. o. ning lan. sohilida. Simferopolt. y. stansiyasidan 79 km (Ya. — Simferopol yoʻnalishida trolleybus qatnaydi). Simferopol, Boqchasaroy. Sevastopol shahrilariga boradigan avtomobil yoʻllari chorrahasi. Dengiz yoʻllari orqali Odessa, Batumi, RostovDon shahri lari bilan boglashan. Aholisi 81,6 ming … Читать далее

YAPONIYA

YAPONIYA (yaponcha Nippon, Nixon) — Sharqiy Osiyoda, Tinch okeandagi orollarda joylashgan davlat. Ya. hududida 6,8 mingga yaqin orol boʻlib, shim. sharqdan jan. gʻarbga qariyb 3,5 ming km ga choʻzilgan; eng yirik orollari: Xokkaydo, Xonsyu, Sekoku va Kyusyu. Shim. dan Oxota dengizi, sharq va jan. sharqdan Tinch okean, gʻarbdan Yapon va SharqiyXitoy dengizlari bilan oʻralgan. Mayd. … Читать далее

BRIJTAUN

BRIJTAUN — Vest-Indiyadagi Barbados davlatining poytaxti (1966-y. dan), mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Aholisi 97,5 ming kishi (1990-y. lar oʻrtalari, shahar atrofi b-n). Karib dengizi boʻyidagi port. Xalqaro miqyosdagi aeroport, oziqovqat, yengil sanoat korxonalari, sanʼat va bilim kolleji, kutubxona, muzey bor. B. orqali chetga shakarqand va rom chiqariladi. Kurort shahar. Shaharga 17-a. da asos … Читать далее

VISKONSIN

VISKONSIN — AQSHning shim. dagi shtat. Michigan va Yuqori koʻllar oraligʻidagi tekislikda joylashgan. Mayd. 145,4 ming km2. Aholisi 5 mln. dan ziyod kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Maʼmuriy markazi — Madison sh. Eng yirik shahri — Miluoki. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi — 6° dan — 13°gacha, iyulniki 18— 22°. Yiliga 750 mm yogʻin yogʻadi. Daryolari (Viskonsin, … Читать далее

VISBADEN

VISBADEN — Germaniyadagi shahar. Gessen yerining maʼmuriy markazi. Aholisi 264 mingdan ziyod kishi (1990y. lar oʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni. Reyn daryosi boʻyidagi port. V. va shahar atrofida mashinasozlik (shu jumladan ogʻir mashinasozlik, elektrotexnika jihozlari, aniq mexanika va optika buyumlari), kimyo-farmatsevtika, sement, oziq-ovqat sanoati, jumladan shampan vinolari i. ch. korxonalari bor. Poligrafiya sanoati rivojlangan. Taunus togʻi … Читать далее

BOʻSTON SANATORIYSI

«BOʻSTON» SANATORIYSI — balneologik kurort. Toshkent sh. dan 30 km uzoqlikda, Chirchiq sh. da, dengiz sathidan 550 m balandlikda joylashgan. Mayd. 37,5 ga. Shundan 16 ga mevali bogʻ va manzarali daraxtzorlardan iborat. Iqlimi kontinental: qishi yumshoq, yozi issiq, yanv. ning oʻrtacha t-rasi —1,5°, iyulniki 25°, nisbiy namligi 55%, quyoshli kunlar davomliligi yiliga 2700 soat. Davolash … Читать далее