BUVAYDA TUMANI

BUVAYDA TUMANIFargʻona viloyatmdagi tuman. 1926-y. 29 sent. da tashkil etilgan. 1959-y. 14 dek. da tugatilib, uning hududi Uchkoʻprik va Bagʻdod tumanlariga qoʻshib yuborilgan. 1973-y. 26 dek. da qayta tuzildi. Tuman xududi Qoʻqon sh. dan shim. roqsa joylashgan. Buvayda tumani viloyatning Bagʻdod, Uchkoʻprik, Dangʻara, Oltiariq tumanlari, Namangan viloyatining Pop tumani bilan chegaradosh. Mayd. 0,28 ming km2. Aholisi 143,8 ming kishidan ziyod (2000). Buvayda tumanida 11 qishloq fuqarolari yigʻini (Alqor, Bekobod, Beshterak, Buvayda, Jaloyir, Oqqoʻrgʻon, Uzumzor, Yangiqadam, Yangiqoʻrgʻon, Qoʻngʻirot, Qoʻrgʻonobod) bor. Markazi — Yangiqoʻrgʻon qishlogʻi. Tabiati. Buvayda tumani relyefi asosan tekislik. Iqlimi kontinental. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —2,3°, iyulniki 27,5°. Yiliga 120—130 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 218 kun. Bahor va kuzda kuchli shamollar esadi. Gilli, qumoqli, sugʻoriladigan oʻtloqi tuproqlar tarqalgan. Shim. va shim. gʻarbda barxan, doʻng qumlar uchraydi. Soʻx suvi Bekobod, Bachqir, Kartan, Buvayda ariqlari orqali keladi. Tuman shim. dan Bagʻdod kollektori, Achchiqkoʻl va b. kanallar oʻtgan. 7 suv inshooti, 140 dan ziyod artezian va drenaj qudugʻi bor. Ekinzorlar Soʻx daryosi, Katta Fargʻona kanali, Katta Andijon kanali hamda yer osti suvlaridan sugʻoriladi. Qumli yerlarda qandim, cherkez, yulgʻun, yantoq, oqbosh oʻsadi. Turli kaltakesaklar, oʻqilon, chipor ilon, shtraux qurbaqaboshi va b. yashaydi.

Aholisi, asosan oʻzbeklar; shuningdek tatar, tojik, qirgʻiz, rus va b. millat vakillari ham yashaydi. 1 km2ga 504 kishi toʻgʻri keladi (2000).

Tarixiy obidalardan 15—16-a. larga oid Bibi Buvayda maqbarasi, Boʻston Buva maqbarasi (Sulton Boyazid Bistomiy), Podshopirim (Fargʻona vodiysida islomni targʻib qilgan. Shoh Mahmud Jalil ismli imom nomi bilan boglik rivoyat bor), Bandikushod, Soʻfi Azizlarning maqbaralari bor.

Xoʻjaligi asosan q. x. ga ixtisoslashgan boʻlib, yetakchi tarmogʻi paxtachilikdir. Q. x. da sugʻoriladigan yerlar 16104 ga, shu jumladan 8620 ga paxta, 5370 ga donli ekinlar, 1930 ga yemxashak ekinlari, 170 ga sabzavotpoliz ekinlari, 915 ga mevazor va tokzorlar b-n band. Buvaydaning oqqoʻrgʻon anjiri qadimdan mashhur. Tuman shirkat va shaxsiy xoʻjaliklarida 31,5 ming qoramol, 19 ming qoʻy va echki, 34 ming parranda, 25 ot, 580 dan ziyod asalari uyasi bor (2000). Pillachilik rivojlangan.

Sanoati q. x. mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Ip yigiruv va toʻquv fkasi, tikuvchiliktrikotaj fkasi, 4 meva va sabzavotlarni qayta ishlash (jumladan, anjir qiyomi i. ch. sexlari), gilam toʻqish, vinochilik sexlari, 15 gʻisht z-di, 8 qurilishtaʼmirlash tashkiloti, 3 aksiyadorlik jamiyati, 304 kichik va xususiy korxona, taʼmirlash ustaxonasi, avtokorxona bor.

Tumanda 15 km li t. y. (Toshkent — Namangan), 11 km li xalqaro, 49 km li respublika, 100 km viloyat ahamiyatiga ega avtomobil yoʻllari mavjud. Ichki avtomobil yoʻllarining uz. 718 km. Gaz quvurlari orqali aholi gaz bilan toʻliq taʼminlangan.

1999/2000 oʻquv yilida 51 umumiy taʼlim maktabi, 2 litsey, gimnaziya, nafis sanʼat va sport maktablarida 31 ming oʻquvchi taʼlim oldi. 54 ommaviy va bolalar kutubxonasi, 8 sanʼat saroyi, muzey, 25 dorixona, 780 oʻrinli 4 kasalxona, 52 oʻrinli sanatoriy, qon quyish st-yasi, 3 poliklinika, 53 tibbiy punkti boʻlib, ularda 245 vrach, 1368 oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi. Yer ostidan chikarilgan shifobaxsh suv yoniga kurort qurilgan va uni yanada kengaytirish moʻljallanmoqda. Aholiga 178 savdo shoxobchalari xizmat koʻrsatadi. 1950-y. dan «Buvayda koʻzgusi» tuman gaz. chiqadi (adadi 2030).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x