KOCHABAMBA

KOCHABAMBA — Boliviyaning markaziy qismidagi shahar. Sharqiy Kordilyera togʻlari oraligʻidagi soylikda, 2600 m balandlikda joylashgan. Kochabamba departamentining maʼmuriy markazi. Aholisi 560,2 ming kishi (1997). T. y. stansiyasi, avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroport bor. Mamlakatning yirik q. x. rayonlaridan bi-rining markazi. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, koʻn-teri sanoati korxonalari, neftni qayta ishlash z-di mavjud. Vino ishlab chiqariladi. Shaharga 1374-y. da asos solingan. Kurort shahri. Un-t (1832) bor. Mustamlakachilik davriga oid meʼmoriy yodgorliklardan San-Fransisko cherkovi (16-a.), sobor, Santo-Domingo monastiri saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x