MUHAMMAD YOQUB CHINGIY

MUHAMMAD YOQUB CHINGIY (17 a. 2-yarmi — 18-a. boshlari, Hindiston) — lugʻatshunos olim. Boburiylar sulolasi vakillaridan Avrangzeb hukmronligidavri (1658—1707)dayashagan. Muhammad Yoqub Chingiy tarjimayi holi boʻyicha uning saroyda xizmat qilgani, «Kelurnoma» nomli oʻzbekcha-forscha lugʻat tuzganidan boshqa maʼlumot mavjud emas. Ushbu lugʻat 15 bobdan iborat boʻlib, uning 1 —14-boblarida 400 ga yaqin turkiy (oʻzbekcha) feʼllar arab alifbosi tartibida har biri 15 tagacha shaklda berilgan. Mac, aytmoq feʼli asosiy shakl sifatida keltirilib, undan keyin aytti — aytiptur — aytur — aytibidi — aytadur — aytmadi — aytmaptur — aytmas — aytmabidi — aytmadur — ayt — aytma — aytarbiz — aytmasbiz kabi zamon va mayl shakllari forscha tarjimasi bilan berilgan. Lugʻatning soʻnggi, 15 — bobi, oʻz navbatida, 9 ta qismga boʻlinadi: bunda 820 ga yaqin soʻz va shakllar mavzu guruhlariga boʻlib berilgan.

Muhammad Yoqub Chingiy «Kelurnoma»ni tuzishda 17-a. da Hindistonda yashagan turkiyzabon aholining ogʻzaki nutqidagi lugʻaviy birliklarni qamrab olishga harakat qilgan. Bunday birliklarning aksariyati hoz. oʻzbek tilida ham qoʻllansa, ayrimlari (arna, atan, acha, egachi, engak, but, ildirim va b.) oʻzbek tili shevalarida uchraydi, baʼzi birlari esa arxaiklashib, hoz. oʻzbek tilida qoʻllanmaydi. Lugʻatning 2 ta qoʻlyozma nusxasi mavjud boʻlib, ularning biri Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-ti qoʻlyozmalar fondida (inv. №5052), ikkinchisi Britaniya muzeyida saqlanadi.

Ad.: Muhammad Yakub Chingi, Kelurname (starooʻzbeksko-persidskiy slovar XVIII v.). Vvedeniye, transkripsiya, perevod teksta, glossariy A. Ibragimovoy, T., 1982.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x