MANIPUR TILI

MANIPUR TILI, manipuri .-Shim. — Sharqiy Hindistondagi tillardan biri, tibetbirma tillari guruhiga mansub. Asosan, Manipur shtatida, shuningdek, Assom, Tripur shtatlarida va Bangladesh, Myanma davlatlarida tarqalgan, unda taxm. 1 mln. 650 ming kishi soʻzlashadi (2001). Manipur tili fonetikasining oʻziga xosligi unda 2 xil undoshlar tizimining (ayni shu tildagi va bengal, assom tillaridan oʻzlashgan) mavjudligidir; grammatik jihatdan bu til agglyutinativdir. Otlar va feʼllarning oʻzak morfemalari va barcha qoʻshimchalar bir boʻgʻinli. Grammatik jins kategoriyam! mavjud emas. Gapda ega avval, kesim ke-yin, toʻldiruvchi esa ular oʻrtasida keladi. Manipur tilida 7 ta lahja boʻlib, ular deyarli oʻrganilmagan; Manipur poytaxti Impxal sh. ning laxjasi adabiy tilga asos boʻlgan. Adabiy til bilan jonli soʻzlashuv tili oʻrtasida muayyan farkdar bor. M. t. yozuvi qadimdan brahmiga asoslangan boʻlsada, 18-a. dan u bengal yozuvi tomonidan siqib chiqarilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x