MALAYZIYA TILI

MALAYZIYA TILIavstronez tillari oilasiga mansub, Malakka ya. o. va unga yaqin orollarda, Shim. Kalimantanda tarqalgan. Malayziya Federatsiyasining rasmiy tili hisoblangan, 10 mln. dan ziyod kishi soʻzlashuvchi til; 1969-y. gacha u bilan birga «malayya tili» termini ham qoʻllangan. Malayziya tili Malakka ya. o. dagi malay lahjalari, xususan, joxor lahjasi asosida rivojlanib kelmoqda. Bu laxja baʼzi tovushlari, fo-netik uzgarishlari va grammatik belgilari b-n adabiy tildan farq qiladi. Adabiy tilda bogʻlovchi va old koʻmakchilar mikdorining koʻpayishi, murakkab sintaktik tuzilmalarning rivojlanishi kuzatiladi; barcha sathlarda (terminologiya, soʻz yasalishi, sintaktik qoliplar va b.) indonez tilining taʼsiri seziladi. Lugʻat tarkibida arab va ingliz tillaridan oʻzlashmalar anchagina, terminlarning aksariyati inglizcha birikmalar qoli-pi asosida yaratilmoqda. Yozuvi lotin alifbosiga asoslangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x