ANGREN SANOATKARTONSAVDO AKSIYADORLIK JAMIYATI

ANGREN «SANOATKARTONSAVDO» AKSIYADORLIK JAMIYATI — turli qogʻoz oʻramlari, 2, 3 va 5 qatlamli gorflangan qalin qogʻozlar, mikrogofkarton, turli tarkibdagi silikat yelimi va b. xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqaradigan korxona. «Oʻzbekmebel» davlat aksiyadorlik birlashmasi tarkibiga kiradi, 1988-y. da Angren karton idishlar f-kasi, soʻngra Angren karton k-ti nomlari bilan atalgan. 1994-y. dan hoz. nomda va ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati. Korxonada Fransiya («Martin» firmasi), Rossiya, Germaniya firmalari bilan oʻzaro hamkorlik yoʻlga qoʻyildi. 1996-y. da mahalliy xom ashyopaxta chiqindisi, gʻoʻzapoya, kanop, bugʻdoy somoni, sholi poxolidan yiliga 40 ming t sellyuloza i. ch. liniyasi ishga tushirildi. Har yilgi oʻrtacha 57 ming m2 kalin qogʻoz, 198,7 t yelimlangan kalin qogʻoz, 13,7 ming m2 gofr-karton ishlab chiqaradi. Sanoat korxonalari uchun jahon standartlariga mos turli xildagi va shakldagi mayda, ixcham kugachalar, xaltachalar, qogʻoz qoplar, turli idishlar i. ch. rejalashtirilgan. Korxonani rivojlantirish maqsadida chet el sarmoyalari ham jalb etilmoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x