Oʻtgan kunlar yodi nimadir?

“Gʻamdan oʻzga haqlik yoʻq, darddan oʻzga haqiqat…” 1920 yilda kitob doʻkonlarida paydo boʻlgan “Hayajon” sheʼrlar toʻplamining dastlabki sahifalarida koʻringan bu satrlarni yosh shoir Ivo Andrich hibsda yotib bitganini, keyinchalik bu yigit yozuvchi sifatida dunyoga tanilishini, hatto uning nomi bilan ataluvchi shahar bunyod etilishini oʻsha paytda kim ham bilibdi? Ivo Andrich oʻzining dastlabki asarlarida hayot, borliq, … Читать далее

“Yoz tonglari, buncha goʻzal, oq manglay!”

Esengʻali RAVSHANOV   Shoir, tarjimon, noshir, essenavis. 1957 yil Qoraqalpogʻistonda tavallud topgan. Qozogʻiston Davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. Hamza Hakimzoda Niyoziy sheʼrlarini qozoq tiliga tarjima qilib, kitob holida nashr qildirgan. Koʻplab sheʼrlari rus, litva, bolgar, chex, ukrain, oʻzbek va ingliz tillariga tarjima qilingan. 2010 yilda “Qushlar bizning doʻstimiz” nomli esselardan iborat kitobi oʻzbek tilida nashr … Читать далее

Oktyabr oyida tugʻilgan madaniyat va sanʼat namoyandalari

 2 OKTYABR   1869 yil. Mahatma Gandi, buyuk hind faylasufi, siyosat arbobi. “Mening hayotim”, “Ahimsa haqida”, “Sarvodayya harakati”, “Svadeshiy harakati”, “Islom va masihiylik”, “Islom va dunyoviylik”, “Islom va ilm-fan” kabi 200 ga yaqin ijtimoiy-siyosiy kitoblari dunyoga mashhur. Hindu va islom dinlarini yaqinlashtirgan xalq qahramoni, Pokiston islom Respublikasi vujudga kelishining asosiy sababchisi.   3 OKTYABR   … Читать далее

Qalam sotuvchi

Viktor Hyugo Prussiyaga yoʻl oladi. Chegarada: – Nima bilan shugʻullanasiz? – deb soʻraydi anketa toʻldirayotgan jandarm. – Yozaman, – deb javob beradi adib. – Tirikchiligingiz nimadan, deb soʻrayapman, – deydi nazoratchi tushuntirgan boʻlib. – Qalamdan, – deb qoʻya qoladi Hyugo. – Ha, unday boʻlsa, – deb yengil tortadi jandarm, – “kasbi” degan joyga “qalam sotuvchi” … Читать далее

Saxiylik tutganda…

Aleksandr Dyumadan taniqli bir tanqidchining dafn marosimi uchun besh frank soʻrashadi. – Mana, oʻn frank oling, – deb saxiylik qiladi yozuvchi, – yana birorta tanqidchini qoʻshib koʻmvorarsizlar.   Orif Tolib tayyorladi. Oldingi sahifaQalam sotuvchi Keyingi sahifa“Bosh” deb ataladimi? https://saviya.uz/hayot/mashhurlar-hayoti/saxiylik-tutganda/

“Bosh” deb ataladimi?

Mashhur bolalar yozuvchisi Hans Kristian Andersen tashqi koʻrinishiga u qadar eʼtibor beravermas edi. Ohori qolmagan plashi va eski shlyapasini kiyib, Kopenhagen koʻchalarida sayr qilib yurardi. Bir kuni bir olifta uni toʻxtatib, savolga tutadi: – Taqsir, boshingizdagi anavi matoh “shlyapa” deyiladi-da, a? Yozuvchi shu zahoti javob beradi: – Olifta shlyapangizning ostidagi anavi matoh “bosh” deb ataladi-da, … Читать далее

Lutf

Mark Tvenning qabuliga yoshi oʻtinqirab qolgan bir ayol kiradi. Yozuvchi unga lutf qiladi: – Oʻhoʻ, oldingiday yosh va goʻzalsiz, xonim. Ammo xonim salomga yarasha alik olmaydi: – Afsus, men siz haqingizda bunday maqtovli gap aytolmayman. – Menga oʻxshab aldasangiz boʻladi-ku, – deb maslahat beradi yozuvchi.     Orif Tolib tayyorladi. https://saviya.uz/hayot/mashhurlar-hayoti/lutf/

“Buyuk odamlar hech qachon noshukr boʻlmaydi”

Muvaffaqiyat haqida hikmatlar   Oʻzingiz orzu qilgan kishi boʻlishingiz uchun hech qachon kech emas. Jorj Eliot   Agar sen biror narsani oʻylab topa olsang, uni bajarishga ham qodirsan. Uolt Disney   Muvaffaqiyat faqat intiluvchan odamgagina nasib qiladi. Qiyin sharoitda tushkunlikka tushadiganlarni esa juda kam yoʻqlaydi. Javoharlaʼl Neru   Bekorchilikdan aqliy va jismoniy lanjlik kelib chiqadi. … Читать далее

Inson tushkunlikka tushmasligi kerak

XX asr jahon adabiyoti namoyondalaridan biri, Fransiya akademiyasi aʼzosi, Nobel mukofoti sovrindori Fransua Sharl Moriak (1885–1970) asarlari eng koʻp mutolaa qilinadigan fransuz adiblaridan sanaladi. Uning sheʼrlari, qissa va romanlari, ijtimoiy-siyosiy, diniy ruhdagi bir qator maqolalari chop etilgan. Ulardan “Sigʻinish” (1909), “Gunohkorga hadya qilingan boʻsa”, “Ona” kabi asarlari dovruq qozongan. “Sevgi sahrosi”, “Otash daryo”, “Qora daftar” … Читать далее

Tushunish teoremasi

Muxtor ShAXANOV   Xonani qaygʻu bulutday yopganida, Odamzotning olgʻir qushi banogoh – Lev Tolstoy jon topshirayotganida, Xotini kelib, qoʻlini oʻpib, urdi oh: “Tiyolmasdan yomon feʼlim taʼsirini, Oʻzing bilan oʻtkazdim yarim as(i)rimni. Men badbaxtni kechir, jonim, gunoh koʻp, Mana endi-endi ochildi koʻzim. Yurak toʻla afsus-attang va oh koʻp, Kechir meni, kechir meni, azizim!..” Unsiz, ichdan shivirladi … Читать далее