“Omonlik ber kulbama!”

Nurlan OʻRAZALIN   1947 yil Olmaota viloyatining Uygʻur tumani Ulkandixon ovulida tugʻilgan. Shoir, dramaturg, jamoat arbobi, tarjimon. “Asr bilan xayrlashuv” sheʼriy toʻplami uchun Qozogʻiston Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan (2002 y).   TILAK   Mana, jonim… Mana, imonim… Sensiz umr surolmam. Dunyoning oʻzgarganin Koʻrib, unsiz yurolmam.   Bir oʻy bermas sira tinim, Bulqinadi gul-tana, Yaratgandan soʻraganim: … Читать далее

“Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi mukofoti” ishtirokchilariga ovoz berish boshlandi

“Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi mukofoti” uchun bir nechta yoʻnalishlarda nomzodlar roʻyxati eʼlon qilindi. Jumladan, Nazm yoʻnalishida “Yilning eng yaxshi yosh ijodkori” Mahmudova Baxtiniso Eshquvvatovna Xonxoʻjayev Iftixor Baxtiyor oʻgʻli Doʻstbekov Dilmurod Abdullayevich   Nasr yoʻnalishida “Yilning eng yaxshi yosh ijodkori” Ibragimova Nodira Shuxratjonovna Yusupov Muxammadxon Olim oʻgʻli Avalbayeva Dilshodabonu Olimjon qizi   Yilning eng yaxshi yosh jurnalisti … Читать далее

Yolgʻizlik kuychisi

“Shoirlar qishloqda tugʻilib, Parijda vafot etadilar”. Bu ibora mashhur rus shoiri Ivan Bunin haqida aytilgandek goʻyo. Uning bolaligi ham Rossiyaning Orlov guberniyasidagi Butirka qishlogʻida kechdi va hayoti dunyoning eng goʻzal shaharlaridan biri boʻlmish Parijda nihoyasiga yetdi. Ivan Alekseevich Bunin 1870 yilning 22 oktyabrida nasl-nasabli zodagon oilasida dunyoga keldi. Buninlar shajarasidan Rossiyada taniqli boʻlgan koʻplab davlat … Читать далее

Yillar qanotida tugʻilgan oʻylar

Qulbek ERGOBEK   (1976–2000 yillar kundaligidan)   …Oʻylab koʻrsam, butun umrim Sobit Muqonov taqdiri bilan chambarchas bogʻliq holda oʻtib kelayapti ekan. 1978–1980 va 1980–1987 yillarda mazkur qozoq adibining uy muzeyida xizmat qildim. Boʻz yigit paytim edi. Endigina talabalikdan chiqib kelganman. Adib arxivini tashkil qildik, muzeyini ochdik. Arxiv materiallarini, tarixini oʻrgandik. Biz tashkil etgan muzey endilikda … Читать далее

“Yaxshi soʻzning barin aytdim senga yonib”

Fariza OʻNGʻARSINOVA   1939 yil tugʻilgan. Shoir va tarjimon. Bolalar gazeta va jurnallarida bosh muharrir boʻlib ishlagan. Qozogʻiston davlat mukofoti laureati (1984). Qozogʻiston xalq shoiri.   * * * “Vatan degan nima?” – deysan, oʻgʻlim, menga. U – sening keksaygan onang. Yoʻrgagingdan joningga singiyvergan Qoʻshiqlaring va sheʼrlaring, bolam!   Vatan – manov oʻz uying, qara, … Читать далее

Nobelning oʻn uchinchi ayol sohibi

Xalqaro Nobel mukofoti. 1900 yildan beri har oktyabr oyining birinchi yarmida butun dunyo nigohi bir nuqtaga jam boʻladi. Chunki shu kunlarda xalqaro Nobel mukofoti sovrindorlari roʻyxati eʼlon qilinadi. Dastavval, mazkur mukofot kimlarga nasib etishi, fan-texnika, adabiyot va tinchlik sohasida qanday umumjahoniy eʼtirofga arzigulik ishlar qilinganligi yil davomida turli bahsu munozaralarga sabab boʻladi. Bu borada har … Читать далее

Adabiyot mamlakati

Jahon adabiyotining daholaridan biri Lev Tolstoy tugʻilgan kunga 185 yil toʻldi. Uning bayram sanalari hamisha muxlislari va, umuman, jamoatchilik tomonidan tantanalar bilan munosib nishonlangan, yangi tadqiqotlar, tarjimalar, kashfiyotlar eʼlon qilingan. Har kun, hatto har soatda yer yuzining qaysidir puchmogʻida kimdir uning asarlarini mutolaa qiladi, asarlari asos boʻlgan filmlarni koʻradi yoki shunchaki xayolida uning siymosini jonlantiradi. … Читать далее

“Qildi javr izhor doʻst”

Qildi dushman rahm, baskim qildi javr izhor doʻst, Ey koʻngul, dushman top emdi, tutmagʻil zinhor doʻst.   Har zamon dushmanlarim ozurdadur, ey doʻstlar, Baski, har dam yetkurur men zorgʻa ozor doʻst.   Dushman ar jonimni afgor aylasa, qildim bihil, Javr tigʻidin chu koʻnglum aylamish afgor doʻst.   Kecha dushmanlargʻakim, nolamdin uyqu kelmadi, Ranjamen mundin dagʻikim, … Читать далее

Genrik Senkevich (1846–1916)

Genrik Iosifovich Senkevich (toʻliq ismi sharifi Genrik Adam Aleksandr Pius Senkevich) 1846 yil 5 mayda Polshaning Volya-Oksheysk shahrida tugʻildi. 1916 yil 15 noyabrda Shveysariyaning Veve shahrida dunyodan oʻtgan. 1905 yilda Nobel mukofotiga sazovor boʻldi. Yozuvchining “Olov va qilich”, “Toshqin”, “Pan Volodiyovskiy” nomli roman-trilogiyasi uning dovrugʻini dunyoga taratdi. Bundan tashqari, turli yillarda koʻplab roman, qissa va … Читать далее

Yanko musiqachi

U yorugʻ olamga zaif va nimjon boʻlib kelgandi. Koʻzi yorigan ayol yotgan skameyka yonida hamdardlik ila toʻplangan dugonalar mana shu ona va mana shu bola uzra bosh chayqar edilar. Ular ichida eng aqlli boʻlmish temirchining xotini Shimanixa tasalli soʻzlari bilan bemor xotinga murojat qiladi. – Keling, – deydi u, – boshingizga sham yoqib qoʻyay. Sizning … Читать далее