BARBAR TILI

BARBAR TILIbarbarlar tili. Xom-som tillari oilasiga mansub. Liviya, Tunis, Jazoir, Marokash, Mavritaniya, Mali, Yuqori Volta, Niger, Nigeriya, Chad va b. mamlakatlarda tarqalgan. 300 ga yaqin shevadan tarkib topgan. Bularni beshta asosiy lahja guruhlariga birlashtirish mumkin: tuareg lahjasi (Liviya, Jazoir, Mali, Niger, Nigeriya, Chad), zenet lahjasi (Jazoir, Shim. Marokash), tamaziy lahjasi (Marokash), tashelhayt lahjasi (Marokash), zenaga lahjasi (Mavritaniya). Misr, Suriya, Liviya, Tunis va Mavritaniyada arab tili B. t. ni siqib chiqarayotgan boʻlsa, Jazoir va Marokashda Barbar tilida soʻzlashuvchilar yil sayin koʻpaymoqda. Barbar tilida urgʻu juda kuchsiz. Oʻzak bir, ikki, uch, hatto turt undoshdan tuziladi. Barbar laxjalarining fonetik, morfologik, sintaktik va leksik birligi yagona Barbar tili mavjudligiga asos boʻladi. Barbar, arab va lotin alifbolari yordamida barbar tili va uning lahjalarini yozib olishga harakat qilingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x