BARG OGʻIZCHASI

BARG OGʻIZCHASIoʻsimliklar bargidagi tashqi muhit bilan aloqa bogʻlaydigan tirqishsimon yoriqcha (bunday yoriqchalar oʻsimliklarning boshqa yer ustki organlari epidermisida ham mavjud). Barg ogʻizchasi barg sathining juda oz qismini, hatto ogʻizchalar katta ochilgan holatda ham 1 % dan ortigʻini egallamaydi. Barg ogʻizchasi gaz almashinishi, transpiratsiya va fotosintez jarayonlarida muhim rol oʻynaydigan tutashuvchi hujayralarning harakati tufayli ochilib-yumilib turadi. Barg ogʻizchasi fotosintez roʻy berishi va hujayraga karbonat angidridning oʻtishini taʼminlash uchun ochiladi va havo haddan tashqari quruq boʻlganda suv bugʻlanishining oldini olish uchun yumiladi. Barg ogʻizchasining ochilishi va yumilishi aktiv jarayon boʻlib, ATF sarf boʻlishi b-n boradi, bu jarayonni, mas, nafas ingibitorlari tormozlaydi.

Ikkala tomonidan ogʻizchalari boʻlgan barglar amfistomatiklar deyiladi. Mas, Meksika gʻoʻzasi navlari bargida 1 mm2 barg yuzasiga 265 va barg orqasida 145 ogʻizcha toʻgʻri keladi, tutashuvchi hujayralar ogʻizchalarining kattaligi 25 — 32 mkm. Barg ogʻizchasi qanchalik keng ochilsa, barg suvga shunchalik yaxshi toʻyinadi. Barglar namni yoʻqotishi b-n ogʻizchalar yumila boshlaydi, turgor sekin-asta boʻshashadi. Bu xususiyatdan oʻsimlikning suv bilan taʼminlanganligi darajasini aniqlashda foydalaniladi (q. Oʻsimlikning suv rejimi).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x