BARABA PASTTEKISLIGI

BARABA PASTTEKISLIGI (Baraba dashti) — Gʻarbiy Sibir pasttekisligining jan. qismida. Mayd. 117 ming km2 ga yaqin. Yer yuzasi bir oz oʻr-qir tekislik, bal. 100 — 150 m. B. p. da qator tepaliklar — «grivalar» uchraydi. Iqlimi keskin kontinental. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi — 19°, — 2G, minimal t-ra — 54°, yoz qisqa va issiq, iyulning oʻrtacha t-rasi 17 — 19°, maksimal t-ra 38°. Vegetatsiya davri 150 — 160 kun. Daryolari Om daryo sistemasiga va Chana koʻllari havzasiga mansub; daryolarning koʻplari bahorda oqib, yozda deyarli qurib qoladi. Qator tepaliklar orasidagi chuqurliklarda 2000 dan ortiq kattakichik chuchuk hamda shoʻr koʻllar (Chana, Sartlan va h. k.), botqoqliklar bor. B. p. da qora tuproq va botqoq tuproqlar keng tarqalgan; shoʻrxok va shoʻrtoblar koʻp. Dashtning shim. qayinzor va sfagnum botqoqlari b-n, jan. qayinzorlar va oʻtloqdasht oʻsimliklari bilan qoplangan. Baraba pasttekisligining koʻp yeri ekinzorlarga aylantirilgan. Baraba pasttekisligi — Gʻarbiy Sibirning muhim sut chorvachiligi va dehqonchilik (bahori bugʻdoy, suli, javdar, arpa, makkajoʻxori, tolali zigʻir ekinlari) r-nlaridan biri.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x