MATRAP

MATRAPbedana va b. yovvoyi parrandalarni ovlash uchun ishlatiladigan an-jom. Uzun dasta (2,5—3 m atrofida) va uning uchiga oʻrnatiladigan toʻr xaltali chambarak (diametri 1 — 1,5 m) dan iborat. Dasta, odatda, tol daraxtidan, chambarak tut daraxti novdasidan, toʻr xalta esa bakuvvat paxta ip yoki kapron ipdan tayyorlanadi. Toʻr xaltaning koʻzi ovlanadigan parranda chiqib keta olmaydigan kattalikda boʻladi. Parranda oʻtloqdan uchganida Matrap bilan ilib olinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x