MUHAMMAD (MAMAT) MAHRAM MAJMUASI

MUHAMMAD (MAMAT) MAHRAM MAJMUASI — Xivaning Dishan qalʼa qismidagi meʼmoriy yodgorlik (1903). Xiva xoni Muhammad Rahimxon II ning yaqin mulozimlaridan boʻlgan Mamat Mahram tomonidan qurilgan. Madrasa, guzar masjidi, minora va b. qoʻshimcha xonalardan iborat. Majmua (21,0 x39,0 m) bosh tarzi (eni 27,0 m) jan. ga qaragan, bir qavatli, gʻishtin ravoqli. Peshtoq hamda 2 gumbazli miyonsaroy orqali hovliga kiriladi. Miyonsaroyning sharqida yarmi ochiq 2 ustunli ayvon b-n bogʻlangan 2 uzun jamoatxona, jan. da masjid, minora hamda koʻndalangiga turli hajmdagi tor hujralar va b. qoʻshimcha xonalar joylashgan. Minora bal. — 9 m, diametri — 4,2 m, gʻishtdan belbogʻlar hosil qilib bezatilgan. Qafasasi kichik darchali, tepasi murqarnas va qubba bilan yakunlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x