MURSAK

MURSAK, murassa (arab. — ziynatlangan, bezatilgan) — avra-astarli, uzun yengli, qad. ustki kiyim. Bichigʻi toʻgʻri bichimli, toʻn yoqali, oldi chuqurroq oʻyilgan, etak barlari bir-biriga kirgan, ikki yon tomonida mayda burmalarga yigʻilgan. Mursak chetlari jiyaklar bilan hoshiyalangan. Mursak baxmal, parcha, kimxob, adras, shoyi (astari shoyi, ip matolar) dan tayyorlangan. Mursakning ichiga yupqa paxta solib qavilgan (qishki) hamda yalang qavatli (avra-astardan iborat yozgi) turlari bor. Sharq xalqdari orasida keng tarqalgan, hatto qizlarning sepiga kiritilgan. Koʻylakning ustidan kiyilgan, beliga belbogʻ bogʻlangan. 19-a. gacha ayollar uchun ustki kiyim va yopinchiq vazifasini bajargan, keyinchalik toʻy va azalarda foydalanilgan. Hozirda ayollarning tobuti ustiga yopiladigan yopinchiq sifatidagina ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x