PETRODVORES

PETRODVORES (1944-y. gacha Petergof) — RF Leningrad viloyatidagi shahar. Sankt-Peterburg shahar maʼmuriyatiga qarashli, Fin qoʻltigʻining jan. sohilidagi pristan. T. y. stansiyasi (Noviy Petergof). Soatsozlik z-di bor. Axrlisi 81,8 ming kishi (1998). Saroybogʻ muzey qoʻriqxonasi, Petrodvores dagi dastlabki qurilishlar Pyotr I buy-rugʻiga binoan, 1709-y. da boshlangan. Podsho bu yerda yozgi qarorgoh yaratishni maqsad qilgan. Unda dunyoga mashhur saroy-bogʻ ansamblini vujudga keltirishda xorijdan chaqirilgan koʻplab meʼmor va bogʻbon, rassom, naqqosh, haykaltarosh va b. mutaxassislar kat-nashgan. Ansamblning markazi — Katta Saroy. U dengiz boʻyidagi tepalikka dastlab ikki qavatli qilib solingan (1714—28), 1747—52 y. larda saroyni V. V. Rastrelli barokko uslubida kayta kurgan va kengaytirgan. Saroyning jan. tomonida 5 favvorali Yuqori bogʻ (15 ga), shim. tomonida Pastki bogʻ (102,5 ga) joylashgan (ikkalasi ham 1714 — 25). Pastki bogʻda ulkan favvoralar majmuoti bor. Saroy qarshisiga katta sharshara qurilgan boʻlib, u koʻplab favvoralar, tillarang jez haykallar, barelyeflar, vazalar bilan bezatilgan. Katta sharshara «Samson choʻmichi» deb atalgan hovuzga oqib tushadi. Hovuz oʻrtasida «Sher ogʻzini yirtayotgan Samson» nomli monumental haykallar gu-ruhi joylashgan «Choʻmich» atrofiga italyan favvoralari («Kosalar») va kolonnalar (1803) oʻrnatilgan. Katta sharshara atrofidan turli tomonga qaratib toʻgʻri va uzun xiyobonlar qurilgan. Shim. tomonga ketgan 2 ta xiyobon kanalni aylanib, «Choʻmich»dan dengiz tomonga, shim.-gʻarbga ketgan xiyobonlar «Momohavo» favvorasiga va Ermitaj pavilyoniga (1721—26, meʼmor I. F. Braunshteyn) olib boradi. Shim.-sharqqa ketgan xiyobon «Odamato» favvorasiga va Monplezir saroy majmuasiga (1714—26) olib boradi. 18-a. da va 19-a. oxirida saroy va pavilyonli, manzarali bogʻlar yaratilgan [Angliya bogi, 1774—94, meʼmor J. Kvarengi, Aleksandriya bogʻi, 1826—29, meʼmor A. A. Menelas, Aleksandr bogʻi (1830)]. 1941—44 y. larda, urush davrida ne-mis fashistlari tomonidan vayron qilingan Petrodvores dastlabki loyiha asosida qayta tiklandi. 14 favvora va kaskad (zinapoyali ariq)lar ishga tushirildi, saroy va pavilyonlar taʼmirlandi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x