MINTAYLAR

MINTAYLAR (Theragra) — treskasimonlar oilasiga mansub baliqlar urugʻi. Uz. 40—55 sm, vazni 1,5 kg gacha, tanasi choʻziq, orqa suzgichlari 3 ta, anal suzgichlari 2 ta, dum suzgichi qisman 2 boʻlakka boʻlingan. Uzoq Sharq mintayi Tinch okeanning shim. qismidagi Bering boʻgʻozidan boshlab Koreyaga va Shim. Kaliforniyagacha boʻlgan dengizlarda 500— 700 m chuqurlikda yashaydi. 3—4 yilda jinsiy voyaga yetadi. Bahorda Koreya, Saxalin, Kamchatka sohillari yaqinida uvildiriq tashlaydi. Ikrasi mayda va pelagik boʻladi. Qisqichbaqasimonlar va mayda baliqlar bilan oziqlanadi. Koʻpsonli, koʻplab ovlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x