MINORKA

MINORKA — serpusht tovuq zoti. Is-paniyada (Minorka orolida) yetishtirilgan. Sovuqqa chidamsiz. Toji bargsimon, katta. Oyoqlari kulrangchipor. 5—5,5 oyligida tuxumga kiradi, yiliga 150—180 tuxum qiladi. Tuxumi 60–65 g. Koʻpgina mamlakatlarda, shu jumladan, Oʻzbekistonda havaskor parrandachilar boqadi. Пост Навигацияси

PARRANDACHILIK

PARRANDACHILIK — uy parrandalarini yetishtirish; chorvachiyaikning bir tarmogʻi. Parrandachilikning asosiy mahsuloti — oziq-ovqatga ishlatiladigan tuxum va goʻsht; qoʻshimcha mahsuloti — parranda pati va pari. Parrandalarni soʻyish va uni qayta ishlash chiqindilaridan yem uni ishlab chiqariladi. Parranda goʻngi — qimmatli organik oʻgʻiti. Parrandachilikda tuxum, asosan, tuxum yoʻnalishidagi, qisman goʻsht-tuxum va goʻsht yoʻnalishidagi tovuq zotlari va krosslaridan … Читать далее

EMBRIOLOGIYA

EMBRIOLOGIYA (embrion va ..logiya) — embrion (murtak, pusht) ning hosil boʻlishi va rivojlanishi qonuniyatlari toʻgʻrisidagi fan. Odam va hayvonlar E. si hamda oʻsimliklar embriologiyasi farqlanadi. Odam va hayvonlar Embriologiyasi old embrional taraqqiyot (oogenez, spermatogenez), uruglanish, embriogenez, yaʼni tuxum va embrion parda ichidagi rivojlanish, shuningdek, lichinkalik (koʻpgina umurtqasizlar va amfibiyalarda), postembrional (baliqlar, sudralib yuruvchilar va qushlarda) … Читать далее

SITOXROMLAR

SITOXROMLAR (yun. kitos – hujayra va chroma — rang, boʻyoq) — tarkibida temir atomlari boʻlgan murakkab oqsillar. S. ning oqsil boʻlmagan qismi (prostotik guruh) gemdan iborat. Sitoxromlar oʻsimlik va hayvon hujayralari, mikroorganizmlar (achitqilar, ayrim fakultativ anaeroblar)da mitoxondriylar, endoplazmatik toʻr, xloroplastlar va xromatoforalar membranalarida joylashgan. Sitoxromlar tirik organizmlarda kechadigan jarayonlar: hujayraning nafas olishi, fotosintez va mikrosomal … Читать далее

FENOKOPIYA

FENOKOPIYA (yun. phaino — boʻlaman, topaman va lot. copia — koʻp) — fenoyashlning irsiy boʻlmagan oʻzgarishi (modifikatsiya). Genotipnsng muayyan oʻzgarishi (mutatsiya)ga oʻxshab ketadi, lekin irsiylanmasligi bilan undan farq qiladi. «Fenokopiya» terminini nemis genetigi R. Goldshmidt taklif etgan (1935). Fenokopiya — fizik yoki kimyoviy omillarning rivojlanayotgan organizmga taʼsiri natijasi. Mas, talidomid preparatini qabul qilgan homilador ayollardan … Читать далее

MAY QOʻNGʻIZLARI

MAY QOʻNGʻIZLARI (Melolonthinae) — plastinka moʻylovli qungʻizlar kenja oilasi. Gavdasining uz. 15—35 mm, qurtlari (q. Buzoqboshi qurtlar) — 30—70 mm. Qoʻngʻizlari rangi och sariq yoki oqish, may oyida paydo boʻladi (nomi shundan olingaы). Bir necha turi maʼlum — Yevropa huludida garb May qoʻngʻizlari va sharq M. q.. Oʻrta Osiyoda zararkunanda May qoʻngʻizlari, uch tishli May … Читать далее

KOʻCHIRIQ

KOʻCHIRIQ — baxshi (parixon) tomonidan kishilarni goʻyo turli kasalliklardan xalos qilish maqsadida oʻtkaziladigan gʻayriilmiy amal. Ilgari ruhiy yoki asab kasalligi yovuz ruxlar — jin yoki parilarning kishiga yetkazgan zarari oqibati deb qaralgan. Ayrim kishilar jin yoki parilarni haydab chiqarish, tanadan koʻchirib tashlash orqaligiva bemorni davolash mumkin, deb hisoblaganlar. Ushbu marosim koʻp holdarda kasal kishining xonadonida … Читать далее

UYGʻUR TILI

UYGʻUR TILI, yangi uygʻur tili — turkiy tillardan biri. Asosan, XXRning SinszyanUygʻur muxtor rayoniaa, shuningdek, Uzbekistan, Qozogʻiston, Qirgʻiziston respublikalarida, Afgoniston, RF va b. mamlakatlarda tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 7,7 mln. (jumladan XXR da 7,5 mln.) kishidan ortiq. «Uygʻur», «Uygʻur tili» atamalari 1921-y. da yagona etnolingvistik jamoa uchun SE. Maloye tomonidan taklif etilgan (avvalgi nomlari: Gʻarbiy … Читать далее

UY HAYVONLARI

UY HAYVONLARI — odam urchitadigan hayvon turlari. Hamma Uy hayvonlari yovvoyi ajdodlaridan kelib chiqqan, lekin tashqi koʻrinishi, xulqodati, mahsuldorligi b-n yovvoyi hayvonlardan farq qiladi. Bu farqlar odam koʻrsatgan taʼsir natijasidir. Ipak qurti va asalaritn boshqa hamma Uy hayvonlari umurtqalilar jumlasidan. Koʻpdankoʻp turga mansub yovvoyi hayvonlarning har xil tip, sinf, turkum, oilaga kiradigan bir qismigina xonakilashtirilgan. … Читать далее

FIL TOSHBAQA

FIL TOSHBAQA (Geochelone elephantopus) — quruqlikda yashovchi toshbaqalarning bir turi. 10 kenja turi maʼlum (shundan bir nechtasi qirilib ketgan). Kosasining uz. 150 sm cha, boʻyi 60 sm cha. Voyaga yetganlarining ogʻirligi 100 (baʼzilari 400) kg cha. Erkagi urgʻochisiga nisbatan yirik. Fil toshbaqa Galapagoss orollarida tarqalgan. Oʻsimliklar b-n oziqlanadi. 12—14 oygacha suvsiz va oziqsiz yashay oladi. … Читать далее