UY HAYVONLARI

UY HAYVONLARIodam urchitadigan hayvon turlari. Hamma Uy hayvonlari yovvoyi ajdodlaridan kelib chiqqan, lekin tashqi koʻrinishi, xulqodati, mahsuldorligi b-n yovvoyi hayvonlardan farq qiladi. Bu farqlar odam koʻrsatgan taʼsir natijasidir. Ipak qurti va asalaritn boshqa hamma Uy hayvonlari umurtqalilar jumlasidan. Koʻpdankoʻp turga mansub yovvoyi hayvonlarning har xil tip, sinf, turkum, oilaga kiradigan bir qismigina xonakilashtirilgan. Uy hayvonlari ga: qoramol, qoʻy, echki, shimol bugʻusi, tuya, lama, buyvol, qoʻtos, banteng, ot, choʻchqa, it, mushuk, quyon, dengiz choʻchqasi, tovuq, oʻrdak, gʻoz, kurka, sesarka, kaptar, asalari, ipak qurti va b. kiradi. Akvarium va hovuzlarda koʻpaytiriladigan baʼzi baliklar, kurkam qushlar (kanareyka, tovus), lab. hayvonlari ham Uy hayvonlariga yaqin. Katakda boqilayotgan maral, xoldor bugʻu, tulki, oq tulki, suvsar, nutriya va b. yovvoyi hayvonlar qam xonakilashtirilmoqda.

Dastlabki hayvonlar qachon va qayerda xonakilashtirilgani haqida, asosan, arxeologik, paleantalogik maʼlumotlarga qarab xulosa chiqariladi. Kazilma topildiklar mezolit davrida it, neolit davrida choʻchqa, qoʻy, echki, qoramol, keyinroq ot xonakilashtirilganligidan dalolat beradi. Uy hayvonlari dastlab Yaqin va Oʻrta Sharkda, keyinroq Nil, Dajla, Furot, Gang, Amudaryo, Xuanxe, Yenisey havzalari kabi qadimdan dehqonchilik rivojlangan yerlardan kelib chiqqan boʻlsa kerak.

Koʻpchilik hayvon zotlari odam ehtiyojiga qarab qoʻlga oʻrgatilgan. Odam dastlab ongeiz, keyinchalik maqsadga muvofiq ravishda hayvonlar mahsuldorligini oshirib bordi (q. Suniy tanlash). Mas, yovvoyi tovuq yiliga 15 tuxum qilgan, hozir 300—365 ta gacha tuxum qiladigan tovuq zotlari bor; yovvoyi qoramol bir necha yuz kg sut bergan, hozir bir sigirdan oʻrtacha 3500—4000 kg sut sogʻib olinmokda. Duragaylash, tanlash va saralash, mollarni ilgʻor zootexniya talablariga muvofiq parvarishlash bilan q. x. va sanoat talablarini qanoatlantiradigan yangi zotlar yetishtirilmokda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x