UYGʻUR TILI

UYGʻUR TILI, yangi uygʻur tili — turkiy tillardan biri. Asosan, XXRning SinszyanUygʻur muxtor rayoniaa, shuningdek, Uzbekistan, Qozogʻiston, Qirgʻiziston respublikalarida, Afgoniston, RF va b. mamlakatlarda tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 7,7 mln. (jumladan XXR da 7,5 mln.) kishidan ortiq. «Uygʻur», «Uygʻur tili» atamalari 1921-y. da yagona etnolingvistik jamoa uchun SE. Maloye tomonidan taklif etilgan (avvalgi nomlari: Gʻarbiy Xitoy tatar tili, Xitoy musulmonlari tili, Gʻarbiy Xitoyning turkiy laxjalari, Sharqiy Turkiston tili va b.) U. t. kad. uygur tilining davomchisi hisoblanmaydi.

Uygʻur tili 3 lahjaga boʻlinadi: markaziy (ili, turfon, qashqar, koʻmul, urumchi, karashar, koʻchor, qoʻrlin oqsu, yorkand shevalaridan iborat) — hoz. adabiy Uygʻur tiliga asos boʻlgan; sharqiy (lobnor) va jan. (xoʻtan). Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda yashovchi uygʻurlarning 2 lahjasi boʻlib, ularning nomlanishida (iliyettisuv, qashqarfargʻona) uygʻurlarning Gʻarbiy Xitoydan Yettisuv va Fargʻonaga koʻchib oʻtganliklari aks etgan.

Boshqa turkiy tillardan farqli ravishda Uygʻur tilida unlilar va undoshlarning regressiv assimilyatsiyasi (bashbeshi (boshboshi), tagtaqqa] mavjud; singarmonizm izchil emas: unlilarning lab va tanglay garmoniyasi buzilish hollari uchraydi; unlilar reduksiyasi (sinilsiqlim), undoshlarning tushib qolishi (odekordek, kesenchukelsan,chu), baʼzan oʻzak va qoʻshimcha oʻrtasida tovush orttirilishi (su—suyi (suv — suvi), toxu — toxurim (tovuq — tovugʻim) kuzatiladi.

Uygʻurlar 8-a. gacha qad. uygʻur yozuvidan, IIa. gacha sugʻd alifbosiga asoslangan yozuvdan, 11-a. dan eʼtiboran arab grafikasi asosidagi yozuvdan foydalanadilar. Sobiq SSSR qududida yashagai uygʻurlar 1930-y. gacha arab, 1930—46 y. larda lotin grafikasi asosidagi yozuvdan; 1946-y. dan esa rus grafikasi asosidagi yozuvdan unga uygʻur fonemalarini ifodalovchi qoʻshimcha harflar qoʻshgan holda foydalanadilar. XXR dagi uygʻurlar hoz. gacha arab grafikasi asosidagi yozuvdan foydalanadilar (1960—65 y. larda lotin grafikasi asosidagi yozuv ishlab chiqilib, 1965—80 y. larda har ikkala alifbo parallel qoʻllangan, 1982-y. dan yana arab grafikasining oʻzi qolgan).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x