MAY QOʻNGʻIZLARI

MAY QOʻNGʻIZLARI (Melolonthinae) — plastinka moʻylovli qungʻizlar kenja oilasi. Gavdasining uz. 15—35 mm, qurtlari (q. Buzoqboshi qurtlar) — 30—70 mm. Qoʻngʻizlari rangi och sariq yoki oqish, may oyida paydo boʻladi (nomi shundan olingaы). Bir necha turi maʼlum — Yevropa huludida garb May qoʻngʻizlari va sharq M. q.. Oʻrta Osiyoda zararkunanda May qoʻngʻizlari, uch tishli May qoʻngʻizlari va mart qungʻizi tarqalgan. May qoʻngʻizlari yumshoq tuproqqa (20— 30 sm chuqurlikka) 100 taga yaqin tuxum quyadi. Tuxumlardan chiqqan qurtlari tuprokda 3 yil, baʼzan 4 y. rivojlanadi.. Qurtlar 4-y. i gʻumbakka aylanib, undan 1 — 1,5 oydan soʻng qoʻngʻizlar chiqadi. Yosh qoʻngʻizlar tuprokda qishlab qoladi. Voyaga yetgan qoʻngʻizlar bahor oylarida tuproqdan uchib chiqib, 20—40 kun yashaydi; urugʻlanib tuxum qoʻygach halok boʻladi. May qoʻngʻizlari qurtlari tuprokda oʻsimliklar (ayniqsa. yosh niqollar) ildizini yeb,katta ziyon keltiradi. May qoʻngʻizlari qurtlarini kuzgi shudgorlash, ekinni chopiq qilinganda terib olish orqali yoʻqotiladi. Shudgor qilingan tuproqdagi May qoʻngʻizlari qurtlarini qu|llar (zagcha, qarga, tovuq. olaqargʻa) koʻplab terib yeydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x