MUOMALA VAQTI

MUOMALA VAQTI — kapitalning muomala doirasida boʻlish vaqti. Muomala vaqtiga tayyor mahsulot omborga kelib tushgandan boshlab u sotilguncha ketgan vaqt ( bu vaqt oʻz ichiga tayyor mahsulotning i. ch. va savdo (ulgurji va chakana) korxonalari omborxonalarida turgan vaqtini, ularni tashishga, sotishga ketgan vaqtni ham oʻz ichiga oladi) va tayyor maxsulotlarni sotishdan kelgan tu-shumga i. ch. … Читать далее

MARSHALL

MARSHALL (Marshall) Alfred (1842.26.7. London – 1924.13.7, Kembrij) — ingliz iqtisodchisi, Kembrij untining siyosiy iqtisod prof. (1885—1908). Iqtisodiyotdagi neoklassik yoʻnalishning Kembrij maktabi asoschisi. Marshall «Siyosiy iqtisod» oʻrniga siyosiylashmagan «ekonomike» atamasini kiritdi. U oʻz asarlarida xoʻjalikning ideal modeli «mukammal raqobat» tufayli vujudga kelishi mumkinligini koʻrsatadi. Xarajatlar, talab va taklif, mehnat unumdorligi toʻgʻrisidagi nazariyalarni 19-a. oxirida keng … Читать далее

MARJINALIZM

MARJINALIZM (frans. marginal – chegaraviy, eng soʻnggi) — iqtisodiy qonunlar va kategoriyalarni tadqiq qilish uchun chegaraviy kattaliklar tahlilidan foydalanishga asoslangan metodologik tamoyillardan biri. Dastlab 19-a. ning oʻrtalarida A. Kurno (Fransiya), N. Tyunen va G. Gossen (Germaniya) birinchi boʻlib, marjinal tahlilni iqtisodiy nazariyaga kiritishga harakat qildilar. 19-a. ning oxirgi choragida ingliz U. Jevans, avstriyalik K. Menger, … Читать далее

MILL Jon Styuart

MILL Jon Styuart (1806.20.5, London — 1873.8.5, Avinyon) — ingliz faylasufi, iqtisodchi va jamoat arbobi. Ost-Indiya kompaniyasida (1823—58) xizmat qilgan. 1865—68 y. larda parlament aʼzosi . Liberal va demokratik islohotlarni qoʻllab-quvvatlagan. Millning dunyoqarashi D. Rikardo, I. Bentam, J. Berkli, D. Yum va b. ning falsafiy, iqtisodiy nazariyalari taʼsirida shakllangan. U murosali siyosat va davlatning iqtisodiyotga … Читать далее

MEʼYORIY NAFLILIK NAZARIYASI

MEʼYORIY NAFLILIK NAZARIYASI, qoʻshimcha naflilik nazariyasi — isteʼmolchilarning bozordagi feʼlatvori, harakati, talabning shakllanishi, talab va taklif chizmasida talab egri chizigʻi holati qonunlarini izohlab beradigan nazariya. Qisqarib boradigan qoʻshimcha naflilik qonuniga muvofiq, isteʼmolda neʼmatlar miqdorining oʻsib borishiga qarab neʼmatning har bir qoʻshimcha birligidan olinadigan eng koʻp qoʻshimcha naf qisqarib boradi, bu esa talab egri chizigʻining salbiy … Читать далее

MARKETING XIZMATLARI

MARKETING XIZMATLARI — maxsus tayyorgarlik koʻrgan marketologlar guruhi, uyushmasi, boʻlimi va boshqarmasining faoliyat majmui. Marketing xizmatlari isteʼmolchilarga xizmat qiladi va ularning manfaatlarini koʻzlab ish yuritadi. Xoʻjalik koʻrsatkichlarini yaxshilash; korxonaning yuqori foyda olish yoʻllarini topish; bozorlar sigʻimi va imkoniyatlarini tahlil qilish; talab va taklif muvozanati, baho, solik/iap tizimi va bozor ele-mentlari toʻgʻrisida maʼlumotlar yigʻish, tovarlarni takomillashtirish, … Читать далее

KEMBRIJ MAKTABI

KEMBRIJ MAKTABI — iqtisodiy nazariyada 19-a. oxirida paydo boʻlgan yoʻnalishlardan biri. Asoschisi Kembrij unti siyosiy iqtisod kafedrasiga 1885—1908-y. larda rahbarlik qilgan Kembrij maktabi Marshall. K. m. ning asosiy qarashlari A. Marshallning «Ekonomiks prinsiplari» (1890) asarida bayon etilgan. Kembrij maktabi gʻoyalari keyinchalik Marshallning izdoshlari A. S. Pigu va D. X. Robertson hamda neoklassik yoʻnalish namoyandalari tomonidan … Читать далее

TALAB VA TAKLIF

TALAB VA TAKLIF — bozor iqtisodiyotining fundamental tushunchalari. Talab (tovarlar va xizmatlarga talab) — xaridor, isteʼmolchining bozorda muayyan tovarlarni, neʼmatlarni sotib olish istagi; bozorga chiqqan va pul imkoniyatlari bilan taʼminlangan ehtiyojlari. Ehtiyoj pul va narx vositasida talabga aylanadi. Rasman olganda talab isteʼmol kattaligi mik,doridir. Tovarlar dunyosidagi xilmaxillikka moye ravishda talab hosil boʻladi. Mac, oziqovqat tovarlari, … Читать далее

EKONOMETRIYA

EKONOMETRIYA (yun. uy xoʻjaligini yuritish sanʼati va …metriya) , ekonometrika — iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish, iqtisodiy axborotlarga ishlov berishning matematik va iqtisodiystatistik usullarini va modellarini ishlab chiqish va qoʻllash bilan shugʻullanadigan fan; E. iktisodiy hodisa va jarayonlarning aniq miqdoriy qonuniyatlari va oʻzaro aloqalarini matematik va statistik usullar, modellar yordamida oʻrganadi. Ekonometriyada qoʻllaniladigan modellar yordami bilan … Читать далее

TALAS

TALAS — Qirgʻizistondagi shahar (1944-y. dan). Talas viloyati markazi. Talas daryosi vodiysida, dare boʻyida. Taroz t. y. stansiyasidan 90 km. 1280 m balandlikda. Taroz t. y. stansiyasi va Bishkek bilan avtomobil yoʻli orqali bogʻlangan. Aholisi 32,6 ming kishi (1999). Yogʻmoy zdi, non kti, pivo zdi, qurilish materiallari korxonalari, tikuvchilik fkasi, Bishkek poyabzal ishlab chiqarish. birlashmasi … Читать далее