MUOMALA VAQTI

MUOMALA VAQTI — kapitalning muomala doirasida boʻlish vaqti. Muomala vaqtiga tayyor mahsulot omborga kelib tushgandan boshlab u sotilguncha ketgan vaqt ( bu vaqt oʻz ichiga tayyor mahsulotning i. ch. va savdo (ulgurji va chakana) korxonalari omborxonalarida turgan vaqtini, ularni tashishga, sotishga ketgan vaqtni ham oʻz ichiga oladi) va tayyor maxsulotlarni sotishdan kelgan tu-shumga i. ch. ning yangi sikli uchun zarur boʻlgan yangi i. ch. vositalari sotib olishga ketgan vaqt kiradi.

Muomala vaqti tovarlarning bir marta aylanishiga (T—P) sarflangan kunlar soni yoki bir oy, bir kvartal, bir yilda yuz bergan aylanishlar soni bilan oʻlchanadi. Muomala vaqti davomiyligiga tovarga boʻlgan talab va taklif nisbati; tovarlarning isteʼmol xususiyatlari; tovar assortimentining murakkabligi; mintaqaning geografik oʻrni; tashish-keltirish im-koniyatlari; savdo xodimlarining malakasi va b. omillar taʼsir koʻrsatadi. Nuriddin Yoʻldoshev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x