MARKETING XIZMATLARI

MARKETING XIZMATLARI — maxsus tayyorgarlik koʻrgan marketologlar guruhi, uyushmasi, boʻlimi va boshqarmasining faoliyat majmui. Marketing xizmatlari isteʼmolchilarga xizmat qiladi va ularning manfaatlarini koʻzlab ish yuritadi. Xoʻjalik koʻrsatkichlarini yaxshilash; korxonaning yuqori foyda olish yoʻllarini topish; bozorlar sigʻimi va imkoniyatlarini tahlil qilish; talab va taklif muvozanati, baho, solik/iap tizimi va bozor ele-mentlari toʻgʻrisida maʼlumotlar yigʻish, tovarlarni takomillashtirish, reklamami uyushtirish Marketing xizmatlarining asosiy faoliyat yoʻnalishi hisoblanadi. Shuningdek, Marketing xizmatlari jonli va umumlashgan mehnat resurslaridan foydalanish normativlarini aniqlashda ishtirok etadi; tovarlarni oqilona sotishni tashkil qiladi, moddiytexnika taʼminoti masalalarini hal etadi; sano-at, q. x. va b. tarmoqlarni iqtisodiy va texnikaviy holatini taxlil qiladi; korxonaning yaqin va uzoq istiqbolini belgilashda ishtirok etadi, i. ch. ni marketing nuqtayi nazaridan operativ tarzda tashkil etadi; mehnatni va unga haq toʻlashni yuqori darajada olib borish b-n shugʻullanadi.

Oʻzbekistonda Marketing xizmatlarini Vazirlar Mahkamasi qoshidagi marketing departa-menti, vazirliklarning marketing Bosh boshkarmalari, korxonalarning marketing boʻlimlari va guruhlari amalga oshiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x