MEʼMOR

MEʼMOR, arxitektor — turli imorat va inshootlarni meʼmorlik qonun va qoidalari asosida ijod etuvchi va loyihalar ishlovchi mutaxassis. Qadim zamonlarda Meʼmor bino loyihasini ishlash bilan birga uni quruvchi bi-nokor va muhandisi ham boʻlgan. Meʼmorlik va texnika taraqqiyoti natijasida Meʼmor ijodi murakkablashib bir qancha maxsus sohalarga boʻlinib ketdi: shaharsoz M; sanoat korxonalarini loyihalovchi Meʼmor ; meʼmorlik tari-xi va nazariyasi boʻyicha Meʼmor va b. M. koʻp qirrali sohalarni egallagan ijodkor mutaxassis. U binokorlik imkoniyatlaridan foydalanib goʻzallik qonunlari asosida yangi fazoviy muxit yaratadi. Avval loyihada rejani olib, keyin zamin ustida bunyod etadi. Qurilish jarayoni hoz. zamonda juda murakkab, shuning uchun ham Meʼmor qurilish maydonida mualliflik nazorati olib borib bi-noning moʻljaldagidek chikishini taʼminlaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x