PROJEKTOR

PROJEKTOR (lot. proectus — oldinga irgʻitilgan) — optik tizimlar yorda-mida lampaning yorugʻlik oqimini maʼlum fazoviy burchak ostida toʻplab yoʻnaltiruvchi yoritish asbobi. Projektorning optik tizimi sifatida koʻzgu va linzalar, yorugʻlik manbai sifatida yoyli lampa va maxsus choʻgʻlanma lampalar ishlatiladi. Uzoqni va yaqinni yoritadigan, signal beradigan xamda yorugʻlikni yoyib sochadigan xillari bor. Uzoqni yoritadigan Projektorda para-bolik qaytargichdan, yaqinni yoritadigan Projektorda shisha yoki metall qaytargichlardan, signal Projektorda ham para-bolik kaytargichlardan foydalaniladi. Projektor harbiy ish va dengiz flotida, qurilishda, avtomobillar va lokomo-billarda, t. y. styasi, aerodromlar, qurilish maydonlari, teatr sahnasi va b. ni yoritishda, signalizatsiya va b. mak,sadlarda ishlatiladi. Elektron texnika vositalari (mas, kineskop) da elektron Projektordan foydalaniladi. Bular elektron nurlarni xreil qiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x