MEHTAR

MEHTAR (fors. — ulugʻ, janob) — saroy mansablaridan biri. Somoniylar davlatida boobroʻ shaxslar, davlat arkonlari. Baʼzi manbalarda Mehtar «qishloq oqsoqoli» yoki «otboqar, sayis» — maʼnolarida ham qoʻllanilgan. Buxoro xonligida Mehtar hukmdorga yaqin 4 davlat mansabdorlaridan ikkinchisi boʻlib, baʼzan u oliy farmonga muvofiq, saroyga otdan tushmagan holda kirishga haqli hisoblangan. Mehtar zimmasiga zakotdan, shuningdek, tovar, aqcha, … Читать далее

PEROVSKIY Vasiliy Alekseyevich

PEROVSKIY Vasiliy Alekseyevich (1795.19(20) .2, Pochep sh., xrz. Bryansk viloyati – 1857.8(20).12, Alupka] — rus harbiy arbobi, general-adyutant (1833), kavaleriya generali (1843), graf-(1855-y. dan). 1812-y. gi Fransiyarossiya urushi va rus-turk urushi (1828—29)da qatnashgan. Imperator Nikolay 1 ga yaqin boʻlgan. 1832 — 42 va 1851—57 y. larda Orenburg guberniyasi harbiy gubernatori va Alohida Orenburg korpusi komandiri. … Читать далее

MUHSINIY

MUHSINIY (taxallusi; asl ismsharifi Husaynqul Sulaymonqul oʻgʻli) (1860—Qoʻqon)—1917) — shoir, tarjimon va xattot. Oʻzbek va fors tillarida ijod qilgan. Mirzo Yodgor va Hokimoyim madrasalarida tahsil koʻrgan. Madrasada oʻqib yurgan yillarida Muqimiy va Furqat bilan tanishadi. Muhsiniyning 4 ta sheʼriy devoni bor. U Sharq mumtoz adabiyotining gʻazal, mustazod, mu-xammas, qasida, taʼrix, ruboiy, masnaviy, musaddas, tarjeʼband kabi … Читать далее

POLSHA

POLSHA (Polska), Polsha Respublikasi (Rzeczpospolita Polska) — Markaziy Yevropadagi davlat. Mayd. 312,7 ming km2. Aholisi 38,6 mln. kishi (2002). Poytaxti — Varshava sh. Maʼmuriy jihatdan 16 voyevoda (wojewodztwo) ra boʻlinadi. Davlat tuzumi. Polsha — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1997-y. 25-mayda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (1995-y. dan Aleksander Kvasnevski), u P. fuqarolari tomonidan umumiy teng … Читать далее

POʻLATXON QOʻZGʻOLONI

«POʻLATXON» QOʻZGʻOLONI — Koʻqon xonligitsa xon va uning amaldorlari zulmiga va chor Rossiyasining mustamlakachilik siyosatiga qarshi koʻtarilgan xalq qoʻzgʻoloni (1873—76). Rahbari — Isʼhoq Hasan oʻgʻli (1844 — Margʻilon — 1876). Isʼhoq Hasan Qoʻqondagi Tunqator madrasasida oʻqigan. Andijondagi masjidda imomlik qilgan, savdo-garlik b-n ham shugʻullangan. Toshkentga kelib, Abdulmoʻmin otaliq bilan tanishgach, shu yerda vaqtincha yashab qoladi. … Читать далее

MAZOHIDOVA

MAZOHIDOVA Rahima (1930.8.3, Qoʻqon) — xonanda va aktrisa. Oʻzbekiston xalq artisti (1976). Ijodiy faoliyatini Mazohidova Qoʻldoshev raxbarligidagi badiiy havaskorlik toʻgaragida boshlagan (1948-54). Qoʻqon musiqali drama teatrida ishlagan (1954 — 94). Qoʻqon shahar 1-madaniyat uyi koshida «Omon yor» ayollar folklor ansambli tashkilotchisi va badiiy rahbari (1981 i. dan). Teatrda Zebo (U. Hojibekov, «Arshin mol olon»), Tojiniso … Читать далее

MADALIYEVA Manzura Abdullayevna

MADALIYEVA Manzura Abdullayevna (1947.26.8, Qoʻqon) — ilgʻor oʻqituvchi. Oʻzbekiston Qahramoni (1997). Qoʻqon ped. in-tining mat. f-tini tugatgan (1970). 1970-y. dan Qoʻqon sh. dagi 10-maktabda mat. oʻqituvchisi. Madaliyeva mat. taʼlimida oʻziga xos maktab yaratdi. U maktabda birinchi boʻlib «matematika fani xonasi»ni tashkil etib, unga mat. tarixiga doir asarlar, mat. fanining buyuk allomalari suratlari, kitoblarini qoʻydi. Viloyatda … Читать далее

MASJID

MASJID, machit (arab. — sajda qilinadigan joy) — musulmonlar jamoa boʻlib, namoz oʻqiydigan joy, ibodatxona. M. lar, asosan, kundalik besh vaqt namoz oʻqish uchun moʻljallangan. Juma va hayit namozlari esa jome masjidlarida oʻqiladi. Birinchi Masjidni Madinada Muhammad (sav) qurdirgan. Masjidlar dastlab shaharlarda, keyinchalik qishloq va mahallalarda barpo etilgan. Masjid larning toʻrida, Makkaga qaragan (qibla) tomonida … Читать далее

MARMAR

MARMAR (lot. marmor, yun. marmaros — yaltiroq tosh soʻzidan) — kristalli togʻ jinsi. Ohaktosh yoki dolomitning toʻla qayta kristallanishidan hosil boʻlgan. Mineral donachalarining oʻlchamiga qarab (0,05 — 2,25 mm) mayda, oʻrtacha va yirik donachali Marmarlar farq qilinadi. Mayda donachali Marmar sifatli hisoblanadi, chunki unda gʻovak va darzlik kam. M. ningtarkibi, asosan, kalsit (SaSO3)dan iborat, ozroq … Читать далее

MUHAMMAD YUNUS TOIB

MUHAMMAD YUNUS TOIB Muhammad Amin oʻgʻli (?, Toshkent — 1907, Qoʻqon) — shoir va xattot. Yorkend va Qoʻqonda yashagan. Sharq klassiklari asarlarini oʻrgangan. Ularga naziralar bogʻlagan, qasidalariga javob yozgan (mas, Jomiy qasidasiga javob va b.), taʼrix va marsiyalar yaratgan. Ularda oʻz davrining turli ijtimoiy masalalari aks etgan. Fargʻona tarixi haqidagi «Hadoiq ul-anvor» asari (1859) da … Читать далее