MADALIYEVA Manzura Abdullayevna

MADALIYEVA Manzura Abdullayevna (1947.26.8, Qoʻqon) — ilgʻor oʻqituvchi. Oʻzbekiston Qahramoni (1997). Qoʻqon ped. in-tining mat. f-tini tugatgan (1970). 1970-y. dan Qoʻqon sh. dagi 10-maktabda mat. oʻqituvchisi. Madaliyeva mat. taʼlimida oʻziga xos maktab yaratdi. U maktabda birinchi boʻlib «matematika fani xonasi»ni tashkil etib, unga mat. tarixiga doir asarlar, mat. fanining buyuk allomalari suratlari, kitoblarini qoʻydi. Viloyatda birinchi boʻlib «Qiziqarli matematika kechasi»ni oʻtkazdi. Madaliyeva mat. dan dars berishda televideniye imkoniyatlaridan keng foydalanishni yoʻlga qoʻydi. Oʻzbekiston televideniyesi uning ssenariysini «Bilmasvoy matematika kechasida» nomi bilan namoyish etdi. Xuddi shunday koʻrsatuv Al-Xorazmiy tavalludining 1200-yilligiga bagʻishlangan xalqaro ilmiy anjuman qantashchilariga ham namoyish etildi. Madaliyeva darsda koʻrgazmali vosita va kompyuterlardan unumli foydalanadi. Madaliyeva «Sahnada — matematika» kitobi va «Koʻpburchaklar tashkiloti va Ahmad» inssenirovkasi muallifi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x
()
x