MUHAMMAD YUNUS TOIB

MUHAMMAD YUNUS TOIB Muhammad Amin oʻgʻli (?, Toshkent — 1907, Qoʻqon) — shoir va xattot. Yorkend va Qoʻqonda yashagan. Sharq klassiklari asarlarini oʻrgangan. Ularga naziralar bogʻlagan, qasidalariga javob yozgan (mas, Jomiy qasidasiga javob va b.), taʼrix va marsiyalar yaratgan. Ularda oʻz davrining turli ijtimoiy masalalari aks etgan. Fargʻona tarixi haqidagi «Hadoiq ul-anvor» asari (1859) da Qoʻqon xonligining Muhammadalixon hukmronligi davri toʻliqbayon etilgan. 1905-y. da «Tuhfai Toib» asarini yozgan. Muhammad yunus toib asarlari qoʻlyozmalari Oʻzbekiston FA Sharkshunoslik in-tida saqlanadi (inv. № 6696, 596).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x