MEHMED RAUF

MEHMED RAUF (1875 – Istanbul – 1931.23.12) — turk yozuvchisi. Dengizchilar bilim yurtini tugatgan (1893). Istanbuldagi elchilik kemalaridan birida aloqa ofitseri boʻlib xizmat qilgan. 1908-y. harbiylikdan isteʼfoga chiqib, tijorat bilan shugʻullangan. Ilk hikoyasi — «Tushkunlik» (1891, «Dushmush») adabiy jamoatchilik tomonidan yuksak baholangan. Ijodiy kamolotida Xolid Ziyoning taʼsiri katta boʻlgan. Mehmed Rauf bir qancha oq sheʼrlar, hikoyalar, romanlar («Qora mar-varid», 1901, «Talvasa», 1909 va b.) hamda «Panja» (1909) pyesasini yozgan. «Sentyabr» (1901, «Eylul») asari bilan turk psixologik romaniga asos solgan. Asarlaridagi asosiy mavzu sevgi, muhabbat, insonning ruhiy holatini tasvirlash. Mehmed Rauf «Chinnigul va yasmin» (1924), «Yosh qiz qalbi» (1925), «Maymunjon» (1926), «Dafina» (1927), «Qon tomchisi» (1928) romanlari, «Oshikrna» (1909), «Xonimlar orasida» (1914), «Bir ishq tarixi» (1915), «Uch hikoya» (1919), «Ilk zavq» (1923), «Ishq kechalari» (1924) hikoyalar toʻplami, «Ferdi va oʻrtoklari» (1909), «Kurash» (1911), «Suvsar» (1920) kabi pyesalar muallifi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x