PLASTIK OPERATSIYA

PLASTIK OPERATSIYA — kishi organizmidagi shikastlangan biror aʼzoning shakli va funksiyasini qayta tiklash, tugʻma va hayotda orttirilgan nuqson, kamchiliklarni toʻgʻrilash. Plastik operatsiyada toʻqimalarning joyi oʻzgartiriladi, bemor gavdasining boshqa qis-midan olingan toʻqimalar koʻchirib oʻtkaziladi (autoplastika, autotrans-plantatsiya); bemorga boshqa odamdan (allotransplantatsiya) yoki hayvondan olingan toʻqimalar koʻchirib oʻtkazila-di; bemor toʻqimalariga, organizmiga yot, biroq unga beziyon materiallar (metall, plastmassa, sintetik tola va b.)dan yasalgan turli narsalar singdiriladi (implantatsiya). P. o. yordamida bemor yuzidan tugʻma va orttirilgan nuqsonlar (lab tirtikligi, burun yoʻqdigi, tortib tu-radigan chandiqlar) bartaraf etiladi.

Terini koʻchirib oʻtkazish bilan amalga oshiriladigan Plastik operatsiya k kuyganda, kosme-tik maqsadlarda yuzdagi ajinlar, teri burmalari, oʻsmalar va b. ni yoʻqotishda keng qoʻllanadi. Suyak P. o. si suyaklarning turli deformatsiyalarida, sox-ta boʻgʻimda, umurtqa pogʻonasi kasalliklarida oʻtkaziladi. Bemorning oʻz toʻqimasidan foydalanilsa, koʻchirib oʻtkazish ayniqsa muvaffaqiyatli chiqadi. Koʻchirib oʻtkazishda bemorning asli suyagi maʼlum vaqtdan soʻng soʻrilib ketadi, biroq yangi suyak toʻqima-sining oʻsib chiqishiga asos boʻladi.

Organizmga yot materiallarni singdirish operatsiyalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Bularga oddiy operatsiyalar (burun shaklini terisi ostiga parafin yuborib tuzatish) dan tortib murakkab zamonaviy operatsiyalargacha (qon tomirni sintetik toʻqimadan yasalgan protez b-n, yirik tomirni unga singdirilgan metall konstruksiya bilan almashtirish, yurak kla-panlarini protezlash) kiradi.

Plastik xirurgiyaning eng murakkab sohasi — boshqa odamdan material olib oʻtkazishdir. Transplantat oʻz biologik xossalariga koʻra koʻpincha bemor toʻqimalari bilan moye kelmay qoladi, bunda maxsus davo usuli bilan uni singdiriladi (q. Transplantatsiya).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x