PAYPASLAGICHLILAR

PAYPASLAGICHLILAR (Tentaculata) — dengiz va chuchuk suvda yashaydigan umurtqasiz hayvonlar tipi. Selomik hayvonlarning mustaqil guruhi hisoblanadi. Oʻtroq hayot kechiradi. Bilateral simmetriyali; selomik gavda boʻshligʻi uncha aniq boʻlmagan 3 ta segmentga boʻlinadi. Ogʻizoldi paypaslagichlari yaxshi rivojlangan. Ichagi ilmoqsimon, anal teshigi orqa tomonda ogʻiz teshigi yaqinida joylashgan. Ayirish organlari —1—2 juft metanefridiylar. Qon aylanish sistemasi rivojlangan. Jinsiy bezlari selomda joylashgan. Lichinkasi halqali chuvalchanglar troxofarasiga uxshash. Foronidlar, mshankalar va yelkaoyoqlilar sinflariga ajratiladi. 4,5 mingga yaqin turi maʼlum. Koʻpchiligini (4000) mshankalar tashkil etadi. Katta amaliy ahamiyatga ega emas. Baʼzan suv oʻtkazadigan quvurlarni toʻsib qoʻyib, katta zarar keltirishi mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x