PISTOLET

PISTOLET (frans. pistolet, nem. pistala, chex tilida — pistʻala — qamishsurnay) , toʻpponcha — 1) individual oʻt ochar qurol. Dushmanning 50—70 m gacha masofadagi jonli kuchlarini shikastlantirishga moʻljallangan; bir qoʻl bilan otish mumkin. Pistolet bilan ofitserlar, shuningdek, ayrim mutaxassislashgan serjant va askarlar qurollantiriladi. Yevropa va Osiyoda 16-a. da piltali Pistolet yuzaga kelgan. 17-a. dan boshlab turli armiyalarda chaqmoq zatvorli, 19-a. dan esa kapsyulali Pistolet lardan foydalanilgan. Pistolet larning tezotarligini taʼminlash uchun ular 2 va undan koʻproq stvolli qilib yasalgan. 19a. oʻrtalariga qadar Pistolet larning koʻpchiligi silliq stvolli boʻlib, ogʻiz tomonidan oʻqlangan. 19-a. 50-y. lariga kelib ancha takomillashgan burama stvolli (vint kesimli) revol-verlar qoʻllanila boshlangan.

Pistolet larning jangovar, signal va sport turlari mavjud. Tuzilishiga koʻra, avtomatik, yarim avtomatik (oʻz-oʻzidan oʻqlanadigan) va oddiy (oʻklash, otish va boʻsh gilzani chiqarishni otuvchi bajaradigan) xillarga boʻlinadi. Pistolet larning ogʻirligi 700 g dan 1 kg gacha, kalibri 5, 35 mm dan 11,43 mm gacha, oʻqining boshlangʻich tezligi 250—420 m/sek; magaziniga 5—8 va undan koʻproq patron joyla-nadi; 2)yarimavtomatik koʻchma payvandlash moslamasi; muqim (statsionar) qurilmalarda payvandlab boʻlmaydigan detallarni payvandlashda ishlatiladi. Pistolet bilan nuqtaviy kontakt payvand, yey payvand, elektron-nurli payvand va b. bajariladi. Avtomobillar, t. y. vagonlari, q. x. mashinalari i. ch. da, kosmik obyektlarni orbitada payvandlashda qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x