MUQALLID

MUQALLID (arab. — taqlidchi) — oʻzbek anʼanaviy teatrining janri; shu janr ijrochisi. Mshaklidagi tomoshalarda qush va hayvonlarga taqlid qilingan, hayotdagi baʼzi kishilar xulqatvori, qiziq voqealar kulgili tarzda aks ettirilgan. Muqallid 3 xil: hajviy Muqallidlar («Xum oʻgʻrisi», «Qimorbozlar», «Sudxoʻr akam jon beradi»), parodiyalar («Uloqchilik», «Kelin tushdi», «Yogʻoch polvon», «Novvoylik»), pantomimalar («Kiyik oʻyin», «Toʻrgʻay», «Bedana oʻyin»). M. tomoshalarida nutqdan koʻra ijrochi masxara-boz va qiziqchining sahnaviy harakati, holatlari, yuz va koʻz ifodalari muhimroq. Muqallid janri juda qadim zamonlarda shakllangan. Navoiy davrida u yaxshi taraqqiy etgan. Xoja Dexdor, Gʻiyosiddin Muhammad, Abdulla Devona kabi Muqallidlar oʻtgan. 19-a. ning 2-yarmi —20-a. ning boshida Zokir eshon, Toʻla mas-xara, Mizrob masxara, Odil dupiyoza, Rizo kuyuk kabilar Muqallid janrida katta yutuklarga erishganlar. Shoʻrolar davrida Xorazm masxarabozlari (Matchon Baqay, Bobosari, Hayitboy masxara-boz va b.) shuxrat topdilar. 20-a. ning soʻnggi va mustaqillik yillarida bu janr anʼanalarini Mirzabek Xolmedov, Hojivoy Tojiboyev, Obid Asomov va b. davom ettirib kelmoqda.

Muhsin Qodirov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x