PAULO

PAULO Koelyo (1947, Rio-deJaneyro) — Braziliya yozuvchisi. Jurnalistika bilan shu-gʻullangan, teatr rejissurasi va dramaturgiya sohasida ham oʻzini sinab koʻrgan. Portugal tilida ijod qilgan. Dastlabki romani «Ibodat» (1987). «Alximik» (1988) romani mashhur. Romanda inson qudratiga, uning kelajagiga ishonch tuygusi aks etgan. Paulo «Brida» (1990), «Valkirilar» (1992), kundaliklar asosida yozilgan «Maktub» (1994), «Pyedra daryosi sohilida oʻtirib koʻz yosh toʻkardim» (1994), «Beshinchi togʻ» (1996), «Yorugʻlik Jangchisi kitobi» (1997), «Paygʻambarning ishqiy maktublari» (1997), «Veronika oʻlishga qaror qildi» (1998), «Iblis va senyorita Prim» (2000), «Otalar, oʻgʻillar va bobolar» (2001) asarlari muallifi. Ular orasida «Beshinchi togʻ» romani alohida oʻrin tutadi, unda yozuvchi «Alximik» romani mavzusini rivojlantirgan. Roman Ilyos paygʻambar hayoti haqida. Paulo mavjud diniy rivoyatni inson ishoncheʼtiqodining sinovi toʻgʻrisidagi gʻaroyib asarga aylantirgan. «Alximik» va «Beshinchi togʻ» romanlari uzbek tiliga tarjima qilingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x