MITOZ

MITOZ (yun. mitos — ip) , kariokinez — eukariot hujayralarning boʻlinib koʻpayish usuli. Mitozdan oldin hujayra boʻlinishga tayyorgarlik davri (interfaza)ni oʻtadi. Interfazada DNK, oqsil, ATF sintez boʻladi. Natijada xromosomalardagi DNK miqdori ikki hissa ortadi (q. Xromosomalar). Bu jarayon replikatsiya deyiladi. Mitoz 4 faza: profaza, metafaza, anafaza, telofazadan iborat. Profazada xromosomalar spirallashib, yiriklasha boshlaydi; yadro membranasi … Читать далее

MELANOZ

MELANOZ (yun. melano — qorayaman) — aʼzo va toʻqimalarda (teri, koʻz toʻr pardasi va b.) melaninlar guruhiga mansub jigarrang yoki qora pigmentlarning jadal hosil boʻlishi va ortiqcha yigʻilishi. Tugʻma va turmushda orttirilgan Melanoz farq qilinadi. Tugʻma Melanoz sepkil yoki pigmentli tugʻma dogʻ koʻrinishida namoyon boʻladi. Turmushda orttirilgan Melanoz aksari ichki sekretsiya bezlari (buyrak usti bezlari, … Читать далее

MEDUZALAR

MEDUZALAR — boʻshliqichlilarning, koʻpincha, erkin yashovchi jinsiy avlodi. Gavdasi xira shaffof (mezogliysi kuchli rivojlanganligi tufayli), so-yabon yoki qoʻngʻiroq shaklda, diametri bir necha mm dan 2—3 m gacha. Soyaboni chetlarida paypaslagichlari (uz. 30 sm gacha) va sezgi organlari joylashgan. Ogʻzi soyabonining ostki botiq tomoni oʻrtasida boʻlib, odatda, ogʻiz parraklari bilan oʻralgan. Meduzalar soyaboni ostida suvni siqib … Читать далее

MOLLYUSKALAR

MOLLYUSKALAR (Mollusca) — umurtqasiz hayvonlar tipi. Gavdasi, odatda, bosh, tana va oyoq boʻlimlaridan iborat (ikki pallalilardan tashkari). Tanasi mantiya deb ataladigan teri burmasi bilan oʻralgan. Mantiya bilan tanasi oraligʻida mantiya boʻshligʻi boʻladi. Bu boʻshlikda jabralar va boshqa organlar joylashgan. Ayirish, orka chiqaruv va jinsiy teshiklar ham mantiya boʻshligʻiga ochiladi. Mantiya tananing orqa tomonida chigʻanoq hosil … Читать далее

PAKANALIK

PAKANALIK, mittilik, nanizm — boʻyning haddan tashqari past boʻlishi. Asosan, endokrin sistema va irsiy nuqsonlar sabab boʻladi. Pakanalik shartli ravishda proporsional va noproporsional Pakanalikka boʻlinadi. Proporsional Pakanalikka gipofizar, tireogen, infantil (q. Infantilizm) va bosh miya kasalligi (ensefalit, istisqo) oqibatida kelib chiqqan Pakanalik kiradi. Gipofizning oldingi boʻlagi zararlanishi natijasida paydo boʻlgan gipofizar Pakanalikda aql-hush normal boʻlsa … Читать далее

SSIFOMEDUZALAR

SSIFOMEDUZALAR (Scyphozoa) boʻshliqichlilar tipiga mansub hayvonlar sinfi. Tanasi birmuncha tiniq shishasimon dildiroq moddadan iborat. Shakli soyabonga oʻxshash, erkin, yakka yashaydi. Ogʻiz teshigi soyabonining ostki tomoni markazida joylashgan. Oshqozoni chala toʻsiqlar yordamida toʻrtta kameraga boʻlingan. Ogʻiz teshigi atrofida va soyaboni chetida juda kup paypaslagichlari bor. Meduza qavariq tomoni bilan oldinga suzadi. Ssifomeduzalar yirtqich, qar xil plankton … Читать далее

ENDOKRINOLOGIYA INSTITUTI

ENDOKRINOLOGIYA INSTITUTI, Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi Endokrinologiya ilmiytadqiqot instituti — ilmiy tekshirish muassasasi. 1957 yil Oʻlka tibbiyoti ilmiy tekshirish instituti nomi bilan Toshkentda tashkil etilgan. 1989-yildan hoz. nomda. Endokrin bez kasalliklarini eksperimental va klinik usullar yordamida oʻrganadi va davolaydi. Intning asosiy ilmiy yoʻnalishi Oʻzbekistonda yod yetishmovchiligi holatini bartaraf etish, qandli diabet kasalligi, uni oldini olish … Читать далее

ENDOKRINOLOGIYA

ENDOKRINOLOGIYA (endo… va yun. kppet — ajratish va…logiya) — klinik tibbiyotning bir sohasi. Ichki sekretsiya bezlarining tuzilishi, rivojlanishi va funksiyalarini, ular ishlab chiqaradigan gormonlar hamda ularga aloqador kasalliklarni oʻrganadi. Endokrinologiya fan sifatida 19-asrning 2-yarmidan shakllandi. Nemis fiziologi A. Bertold xoʻrozlarning urugʻdonini olib bichilgan yoki yosh xoʻrozlarga oʻtkazgan, bunda urugʻdon oʻtkazilgan xoʻrozda turli fiziologik va morfologik … Читать далее

URUGʻDON

URUGʻDON — odam va hayvonlar erkagida urugʻ hujayralar — spermatozoidlar shakllanadigan jinsiy bezlar. U. juft, baʼzan toq boʻladi. Boʻshliqichlilar, gʻovaktanlilar va b. sodda tuzilgan koʻp hujayralilar Urugʻdoni jinsiy hujayralar yigʻindisidan iborat boʻlib, urugʻ hujayralari tana devorini yorib (ssifoid meduzalar, korall poliplar) yoki tana boʻshligʻidan ogʻiz teshigi orqali tashqariga chiqariladi. Yassi chuvalchanglar U. i mayda pufakchalar … Читать далее

GONADOTROP GORMONLAR

GONADOTROP GORMONLAR, gona dotroplar — gipofizning oldingi boʻlagi va platsenta (yoʻldosh) da hosil boʻlib, jinsiy bezlar (gonadalar) faoliyatini boshqaradigan gormonlar. Ular peptid tabiatli uchta gormon (follikulni stimullovchi, interstitsial hujayralarni stimullovchi — lyuteinlovchi va lyuteatrop gormon) dan iborat. Follikulni stimullovchi gonadotropin tabiatan glikoproteid (oqsil va uglevoddan tuzilgan murakkab birikma) boʻlib, adenogipofizning bazofil hujayralaridan ishlanib chiqadi, tuxumdon … Читать далее