ENDOKRINOLOGIYA INSTITUTI

ENDOKRINOLOGIYA INSTITUTI, Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi Endokrinologiya ilmiytadqiqot instituti — ilmiy tekshirish muassasasi. 1957 yil Oʻlka tibbiyoti ilmiy tekshirish instituti nomi bilan Toshkentda tashkil etilgan. 1989-yildan hoz. nomda. Endokrin bez kasalliklarini eksperimental va klinik usullar yordamida oʻrganadi va davolaydi. Intning asosiy ilmiy yoʻnalishi Oʻzbekistonda yod yetishmovchiligi holatini bartaraf etish, qandli diabet kasalligi, uni oldini olish va davolash, asoratlarini bartaraf etishning samarali usullarini ishlab chiqish, bolalar va oʻsmirlarda kuzatiladigan endokrin xastaliklarni oʻrganish va amaliyotga tadbiq etish (pakanalik, qandli diabet, buyrak usti bezi va jinsiy bezlar), gipofiz, birlamchi giperparatireoz, qalqonsimon bez xastaliklari, jinsiy rivojlanishdan orqada qolishning zamonaviy diagnostikasi, shuningdek, respublikada endokrinologik xizmatni tashkil qilish masalalari va h. k. ga oid.

In-tda 6 ilmiy lab., tashkiliyuslubiy boʻlim, kutubxona, vivariy va 246 oʻringa moʻljallangan klinika bor. Klinikada 12 boʻlim, maslahat poliklinikasi, biokimyoviy lab., funksional diagnostika, yadro tibbiyot boʻlimi, dorixona, rentgen, ultratovush tashxisi, gastroduodenoskopiya va stomatologiya xonalari bor.

Intning jarrohlik boʻlimida yiliga 700 ga yaqin (qalqonsimon bez, qalqonsimon bez oldi bezlari, buyrak usti bezi, meʼda osti bezi va jinsiy bez xastaliklari) operatsiya qilinadi.

In-t faoliyati A. A. Asqarov, Yo. X. Toʻraqulov, R. QIslombekov, E. Gʻ. Qayumov, N. S. Kelginbayev, N. R. Rahimov, S. A. Maʼsumov, Sh. Sh. Ilyosov va S. I. Ismoilov kabi olimlar nomi bilan bogʻliq.

Endokrinologiya institutida Toshkent tibbiyot pediatriya institutining Bolalar endokrinologiyasi (rahbar prof. S. I. Ismoilov) va Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutittt Endokrinologiya instituti kafedralari mavjud boʻlib, ular respublikaning boshqa tibbiyot intlari kafedralari (1 va 2 ToshTI, shuningdek, Andijon, Buxoro, Samarqand tibbiyot intlari) bilan hamkorlikda faoliyat koʻrsatadi.

In-tda d-rlik va nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilish boʻyicha ixtisoslashgan ilmiy kengash bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x