JINSIY AʼZOLAR

JINSIY AʼZOLAR — koʻpayish aʼzolari. Hayvonlarning jinsiy aʼzolari jinsiy bezlar — gonadalar (urugʻdon va tuxumdon), jinsiy yoʻllar (urugʻ va tuxum oʻtadigan yoʻllar) va kopulyativ aʼzolardan iborat (bir qancha hayvonlarda tuxum yoʻllaridan bachadon va qin ajralib chiqqan). Tirik tugʻadigan hayvonlarda yuqoridagilardan tashqari, bola yetiladigan aʼzolar ham Jinsiy aʼzolarga kiradi. Koʻp hayvonlar ayrim jinsli, yaʼni erkak hayvonlarda … Читать далее

HAYZ

HAYZ, hayz sikli, oy koʻrish, menstruatsiya — balogʻatga yetgan qiz bolada va bola tugʻish yoshidagi ayollarda har 26—29 kunda, baʼ-zan 21—24 kunda (qisqa sikl) sodir boʻladigan biologik jarayon; H. siklida asosan tuxumdon va bachadonda oʻzgarish roʻy berib, bachadondan maʼlum mikdorda qon ketadi. Hayz koʻrish markaziy nerv sistemasi (bosh miya poʻstlogʻi, gipotalamus, gipofiz) tomonidan boshqariladi. Gipotalamus … Читать далее

INSTINKT

INSTINKT (lot. instinctus — uygʻonish, qoʻzgʻalish) — muayyan sharoitda hayvonlarning bitta turi uchun xos boʻlgan murakkab irsiy xattiharakatlari majmui. Instinkt tashqi va ichki qoʻzgʻalishlarga javob tariqasida paydo boʻladi. Instinktni ilmiy tadqiq qilishni Ch. Darvin boshlab bergan. U birinchi boʻlib Instinktning rivojlanishi turning tarixiy shakllanishi va nerv sistema-sining tuzilishi bilan bogʻliqligini koʻrsatib berdi. Instinktni rus olimlaridan … Читать далее

SUVDA VA QURUQLIQDA YASHOVCHILAR

SUVDA VA QURUQLIQDA YASHOVCHILAR (Amphibia) — suvdan quruqlikda yashashga oʻtgan dastlabki umurtqali hayvonlar sinfi. Quruqlikda yashashga oʻtish bilan S va q. ya. ning tuzilishi balikdarga nisbatan takomillashgan, xususan, skeletning tayanch vazifasini bajarishga oʻshii bilan uzun naysimon suyaklar paydo boʻlishi oyoqlarning vujudga kelishiga sabab boʻlgan. Quruqpikda yashash atmosfera havosi bilan nafas olishga imkon beruvchi organ — … Читать далее

GERMAFRODITIZM

GERMAFRODITIZM, xunasalik [yun. Hermaphroditos — Germafrodit (Germes va Afrodita oʻgʻli; ikki jinsli bola)] — bir organizmda erkaklik va urgʻochilik jinsiy organlari boʻlishi. Chin (tabiiy) va soxta (anomal) xillari bor. Chin Germafroditizm hayvonlar orasida keng tarqalgan. Qorinoyoqli mollyuskalar, yassi chuvalchanglar, kamtukli halqali chuvalchanglarning deyarli barcha turlari, bir qancha boʻshliqichlilar, moʻylovoyoqli qisqichbaqasimonlar, ayrim baliqlar germafrodit boʻladi. Chin … Читать далее

OGʻIZAYLANGICHLAR

OGʻIZAYLANGICHLAR (Rotatoria) birlamchi tana boʻshlikli chuvalchanglar sinfi. Xaltasimon, baʼzan sharsimon gavdasi bosh, tana va dum boʻgʻimlaridan iborat. Koʻp hujayrali hayvonlar orasida eng kichigi, gavdasining uz. 0,01 dan 2,5 mm gacha. Ogʻiz oldi kipriklari murakkab tuzilgan. ogʻiz aylan-gich apparatini hrsil qiladi. Ayrim turlarining bosh boʻlimida sezgir tukchalari va 1—2 ta pigment koʻzachalari boʻladi. Koʻpchilik Ogʻizaylangichlar tanasi … Читать далее

YOGʻ BOSISH

YOGʻ BOSISH, semirib ketish — organizm toʻqimalarida, asosan teri ostidagi yogʻ kletchatkasida, shuningdek, qorin boʻshligʻida ortiqcha yogʻ (koʻproq charvi) yigʻilishi. Gavda vaznining ancha ortganligi organizmda suv toʻplanishiga aloqador boʻlmasa, deyarli xamisha Yogʻ bosishdan darak beradi. Yogʻ bosishda koʻpincha organizmga zoʻr keladi: yurak ishi, qon aylanishi qiyinlashadi, kishi halloslaydi, tez charchaydi, ish qobiliyati va infeksion kasalliklarga … Читать далее

JINS

JINS (biologiyada) — jinsiy koʻpayishni taʼminlaydigan hamda erkak va urgʻochi organizmlarni farq qilishga imkon beradigan belgilar majmui. Hayvonlarda Jins belgilari organizmning morfologik, fiziologik, biokimyoviy xususiyatlari, murakkab xattiharakatlari va b. orqali namoyon boʻladi. Jins belgilari birlamchi va ikkilamchi boʻladi. Birlamchi jinsiy belgilar (jinsiy bezlar, jinsiy yoʻllar va b.) gametalar xosil boʻlishi va urugʻlanishni taʼminlaydi. Ikkilamchi jinsiy … Читать далее

ITSENKO

ITSENKO — KUSHING KASALLIGI [nevropatolog N. M. Isenko (1889 — 1954) va amerikalik neyroxirurg X. U. Kushing (1869-1939) nomidan] – gipofiza» adrenokortikotrop gormon (AKTG) ning koʻp ishlanishi oqibatida kelib chikddigan kasallik. AKTGning koʻp ishlab chiqarilishiga gipofiz mikroadenomasi sabab boʻlishi mumkin. Bunda buyrak usti bezlarining funksiyasi kuchayadi, bemorni yogʻ bosadi, qon bosimi koʻtariladi, ayollarda girsutizm kuzatiladi, … Читать далее

KLIMAKS

KLIMAKS (yun. klimakter — zinapoya) , klimakteriya davri — jinsiy faoliyatning susayib, keksaya borish davriga oʻtish pallasi. Ayollarda xam, erkaqlarda ham kuzatiladi. Klimaksning yuzaga kelishi jinsiy bezlar faoliyatining susayishi b-n birga organizmda vaqtincha roʻy beradigan oʻzgarishlarga asoslangan. Klimaksda ayollarning hayz koʻrishi oʻzgaradi; gipotalamus — gipofiz — tuxumdonlarda funksional oʻzgarishlar vujudga keladi. Hayz qoni toʻxtab-toʻxtab keladi, … Читать далее