URUGʻDON

URUGʻDONodam va hayvonlar erkagida urugʻ hujayralar — spermatozoidlar shakllanadigan jinsiy bezlar. U. juft, baʼzan toq boʻladi. Boʻshliqichlilar, gʻovaktanlilar va b. sodda tuzilgan koʻp hujayralilar Urugʻdoni jinsiy hujayralar yigʻindisidan iborat boʻlib, urugʻ hujayralari tana devorini yorib (ssifoid meduzalar, korall poliplar) yoki tana boʻshligʻidan ogʻiz teshigi orqali tashqariga chiqariladi. Yassi chuvalchanglar U. i mayda pufakchalar shaklida. Boʻgʻimoyoklilar Urugʻdoni juft boʻlib, shakli va tuzilishi har xil. Bosh skeletsizlar Urugʻdoni 25 juftga yaqin, alohida chiqarish yoʻli boʻlmaydi. Koʻpchilik umurtqalilarda Urugʻdon qorin boʻshligʻida simmetrik joylashgan.

Koʻpchilik sut emizuvchilarda (bir teshiklilar, hasharotxoʻrlar, chalatishlilar, xartumlilar, damanlar, sirenalar, kurakoyoklilar, kitsimonlardan tashqari) U. moyak xaltasida oʻrnashgan. Baʼzi sut emizuvchilar (mas, koʻpchilik kemiruvchilar)da Urugʻdon moyak xaltasiga faqat urchish davrida tushadi, keyin yana qorin boʻshligʻiga koʻtariladi. Odam urugʻdoni ellipssimon shaklga ega (yana q. Moyak, Jinsiy aʼzolar).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x