GIPOGENITALIZM

GIPOGENITALIZM (gipo… va lot. genitalis — jinsiy) — jinsiy bezlar (moyak, tuxumdon) bilan ichki va tashqi jinsiy aʼzolarning yetilmay qolishi, ikkilamchi jinsiy belgilarnit anik, sezilmasligi. Jinsiy tizimning tugʻma nuqsonlari, oʻtkir va surunkali yuqumli kasalliklar G. ga sabab boʻladi. Gipogenitalizmni davolashda gormonlardan tashqari, kasallikning asosiy sababchisi bartaraf etiladi. Пост Навигацияси

VITAMINLAR

VITAMINLAR (lot. vita – hayot) ,darmon dori — tirik organizmning hayot faoliyati va normal moddalar almashinuvi uchun zarur boʻlgan organik birikmalar. Ular turli xil kimyoviy tuzilishga ega. Oziq moddalar tarkibida qandaydir moddalar yetishmasligi natijasida odamlar kasal boʻlishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qad. Xitoy kitoblarida, keyinchalik Gippokrat asarlarida qayd etilgan. Vitaminlarni ilmiy nuqtayi nazardan oʻrganish 18-a. da boshlagan. … Читать далее

BUYRAK USTI BEZLARI

BUYRAK USTI BEZLARI (glandula syprarenalis) — odam va umurtqali hayvonlarning ichki sekretsiya bezi; ikkala (oʻng va chap) buyrak ustida joylashgan juft bez (nomi shundan kelib chiqqan). Uning oldi, orqa va pastki yuzalari farq qilinadi, ogʻirligi 3 — 5g. B. u. b. tashqi—poʻstloq qavati (adrenokortikal bez) va ichki — magʻiz qavati (adrenal bez)dan iborat boʻlib, har … Читать далее

GAMETOGENEZ

GAMETOGENEZ (gametalar va… genez) — jinsiy hujayralar — gametalarning rivojlanishi. Hayvonlarda Gametogenez diffuz va lokal boʻladi. Gametalar diffuz Gametogenezda tananing istagan qismida (gʻovaktanlilar, ayrim boʻshliqichlilar, yassi chuvalchanglar), lokal Gametogenezda maxsus jinsiy bezlar — gonadalarda (koʻpchilik hayvonlarda) hosil boʻladi. Umurtqali va koʻpchilik umurtqasiz hayvonlarda gametalar birlamchi jinsiy hujayralar (gonotsitlar)dan vujudga keladi. Gonotsitlar ekto yoki endoderma hisobidan … Читать далее

BIRLAMCHI JINSIY BELGILAR

BIRLAMCHI JINSIY BELGILAR — erkak va urgʻochi hayvon, shuningdek erkak bilan ayolni bir-biridan ajratib turadigan asosiy belgilar majmui. Birlamchi jinsiy belgilarga jinsiy aʼzolar va jinsiy bezlar (urugʻdon va tuxumdon), shuningdek urugʻ oʻtkazuvchi yoʻllar kiradi. Bir jinsni ikkinchi jinedan ajratib turadigan boshqa xamma belgilar (soqolmoʻilov chiqishi, koʻkrak bezlarining oʻsishi, ovoz oʻzgarishi va h. k.) ikkilamchi jinsiy … Читать далее

BALOGʻATGA YETISH

BALOGʻATGA YETISH, balogʻat, rasida (rasta) boʻlish, boʻyiga yetish — organizmning bir qancha anatomik va fiziologik oʻzgarishlar natijasida biologik jihatdan sekin-asta voyaga yetishi hamda jinsiy jihatdan yetilib, koʻpayishga, yaʼni naslni davom ettirishga layoqatli boʻlib qolishi. Qizlar oʻgʻil bolalarga nisbatan ertaroq balogʻatga yetadi. Qizlarda bu davr aksari 12 — 14 yoshdan 16 — 18 yoshgacha, oʻgʻil bolalarda … Читать далее

YEVNUXOIDIZM

YEVNUXOIDIZM (yun. eunuchos — bichilgan odam) , erkaklarda — hezalaklik, ayollarda — erkakchalishlik — jinsiy bezlarning tugʻma kamchiligi yoki jarohatlanishi, yoxud gipofizdan gonadotrop gormonlar kam chiqishi sababli roʻy beradigan kasallik. Erkaklarda koʻproq uchraydi. Yevnuxoid gigantizm va yevnuxoid semirish (yogʻ bosish) degan ikki turi bor. Odatda, aralash xili uchraydi. Belgilari: boʻy oʻsib ketadi, skelet nomutanosib oʻsadi … Читать далее

GIPOFIZAR KAXEKSIYA

GIPOFIZAR KAXEKSIYA (Cachexia hypophysialis) , Simmonds kasalligi — gipotalamus yadrolari shikastlanganda va gipofiztsht oldingi boʻlagida tropgormonlar ishlab chiqarilishi kamayganda yoki butunlay boʻlmaganda kelib chiqadigan kasallik; gipotalamus markazlarining funksional buzilishi; gipotireoz, gipokortitsizm, gipogonadizm bilan ifodalanadi. Asosan jinsiy bezlar va qalqonsimon bez hamda buyrak usti bezi pust qavati faoliyatining yetishmaslik belgilari namoyon boʻladi. Bemor tez orada choʻpustixon … Читать далее