PLAUN

PLAUN (Lycopodium) — plaundoshlar oilasiga mansub sporali doim yashil, koʻp yillik oʻtlar turkumi. Poyasi koʻpincha dixotomik shoxlangan. Barglari mayda, nashtarsimon yoki lansetsimon, bandsiz, poya va shoxlarda navbatlashib yoki toʻp boʻlib zich joylashgan. Spora boshoqchalari oʻzaqsan va zich joylashgan spora barglaridan iborat. 10 ga yaqin turi bor, asosan, Shim. yarim sharda uchraydi. Oʻzbekistonda oʻsmaydi. Bir yillik Plaun va toʻgʻnogʻichsimon Plaun turlari keng tarqalgan. Sporalar hosil qilib va vegetativ (ildiz, ildiz bachkilar, tuganaklar orqali) koʻpayadi. Sporasi 3—8 yilda unib chiqadi, gametofiti saprofit boʻlib, 12 y. davomida rivojlanadi. Plaun zaharli, quruq sporalari farmatsevtikada hab dorilar tayyorlashda va sanoatda metall quyishda ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x