MINGDEVONA

MINGDEVONA (Hyoscyamus L.) tomatdoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi. Boʻyi 1,5 m gacha. Po-yasi shoxlangan, sertuk. Birinchi yili uzun bandli ildiz boʻgʻiz, toʻpbarg, ikkinchi yili poya oʻsib chiqadi. Poyadagi barglari tuxumsimon, 3—7 boʻlakli, bandsiz, ketma-ket joylashgan. Gullari sargʻish, uchi keng, poya uchida toʻpgul hosil qiladi. Mevasi ikki xonali, koʻp urugʻli, koʻzachasimon koʻsakcha. Oʻrta Osiyo, Sibir, Kavkaz, Uzoq Sharqda tarqalgan. Oʻzbekistonda 2 turi (turkman va qora Mingdevona) bor, koʻproq qora Mingdevona (zaharli begona oʻt) uchraydi. Mingdevona yoʻl yoqalarida, oʻtloq va partov yerlarda, ekinzorlarda oʻsadi. Bargi tarkibida giossiamin, atropin, skopolamin va b. zaharli alkaloidlar bor. Barg ekstrakti va urugʻining moyi bod, asab kasalliklarida ogʻriq qoldiruvchi dori sifatida ishlatiladi. Doridarmon tayyorlash uchun maxsus ekiladi.

0 0 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x
()
x