PERITSIKL

PERITSIKL (peri… va yun. kyklos — doyra) , perikambiy — oʻsimliklar ildizi, baʼzan poyasi birlamchi meristema hujayralari qavati. Peritsikl epiderma ostida joylashgan, oʻtkazuvchi silindrni oʻrab turadi. Bir yoki bir necha qavat parenxima hujayralaridan ibo-rat. Birlamchi ildiz P. idan yon ildizlar hosil boʻladi. Birlamchi tuzilgan ildizlarda (ikki urugʻpallalilar) Peritsikl hujayralari yordamida kambiy umumiy halqaga tutashib, zaxira oziq toʻplanadigan ildiz nurlarini hosil qiladi. Bu nurlardan qoʻshimcha ildizlar va kurtaklar vujudga keladi. Peritsikldan yoʻgʻonlashgan ildizlarda periderma hosil qiluvchi fellogen shakllanadi. Poyada Peritsikldan mexanik toʻqima va turli mod-dalar ajratib chiqaradigan har xil tuzilmalar paydo boʻladi. Baʼzi oʻsimliklar (kanop, kendir, zigʻir) P. ida hosil boʻladigan lubdan lub tolasi olinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x