MARJONBULOQ OLTIN KONI

MARJONBULOQ OLTIN KONI — Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanidagi kon. Bahorikor t. y. stansiyasidan 9 km sharqda, Jan. Nurota togʻlarining sharqiy tarmogʻidagi Marjonbuloq qirlarida joylashgan. Sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan oltin rudalari Markaziy va Gʻarbiy uchastkalardan qazib olinadi. Rudalanish deyarli kenglik boʻylab yotuvchi uchta tik yon bagʻirli uzilma zonasida (Shim., Oraliq va Jan.) joylashgan. Hozirgacha toʻrtta uchastka … Читать далее

MARJONBULOQ

MARJONBULOQ — Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanitt shahar (1980-y. 11-iyundan). Yaqin t. y. stansiyasi Bahorikor (8 km). Aholisi 3,6 ming kishi (2002). Asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar, qozoq va b. millat vakillari yashaydi. Marjonbuloq Nurota tizmasining tarmogʻi Gʻubdintogʻning etaklarida joylashgan. Shahar 1980-y. da Marjonbuloq oltin koni negizida vujudga kelgan. Marjonbuloqda uy-joy qurish k-ti, bir qancha … Читать далее

MINERAL SUVLAR

MINERAL SUVLAR — tarkibida baʼzi bir kimyoviy elementlar va birikmalar, shuningdek, gazlar boʻlgan suvlar. Tarkibidagi erigan minerallarning umumiy miqdori 1 g/l gacha boʻlgan suvlar chuchuk hisoblanadi. Baʼzi dengiz va koʻl suvlari ham Mineral suvlarga kiradi. Mineral suvlarning maʼlum shifobaxsh xususiyatiga va iqtisodiy jihatdan uzoq muddat foydalanish uchun yetarli miqdorga ega boʻlganlari mineral suv manbalari deb … Читать далее

PARRANDACHILIK

PARRANDACHILIK — uy parrandalarini yetishtirish; chorvachiyaikning bir tarmogʻi. Parrandachilikning asosiy mahsuloti — oziq-ovqatga ishlatiladigan tuxum va goʻsht; qoʻshimcha mahsuloti — parranda pati va pari. Parrandalarni soʻyish va uni qayta ishlash chiqindilaridan yem uni ishlab chiqariladi. Parranda goʻngi — qimmatli organik oʻgʻiti. Parrandachilikda tuxum, asosan, tuxum yoʻnalishidagi, qisman goʻsht-tuxum va goʻsht yoʻnalishidagi tovuq zotlari va krosslaridan … Читать далее

FORISH TUMANI

FORISH TUMANI — Jizzax viloyamuaani tuman. 1935-y. 9 fev. da tashkil etilgan. 1962-y. da Nurota va Jizzax tumanlari tarkibiga qoʻshib yuborilgan. 1964-y. da qayta tashkil etilgan. Forish tumani dastlab Samarkand, 1964-y. Sirdaryo, 1974-y. Jizzax viloyatlari tarkibiga kiritilgan. Shim. va shim. sharqdan Qozogʻiston, sharqdan Jizzax, Zafarobod, Arnasoy, Doʻstlik, Mirzachoʻl tumanlari, jan. dan Gʻallaorol tumani, gʻarbdan Samarkand, … Читать далее

UCHQULOCH

UCHQULOCH — Jizzax viloyati Forish tumanipagi shaharcha (1983-y. dan). Shim. sharqdan Aydarkoʻl sohillariga yondosh. Tuman markazi (Forish)dan 12 km shim. da. Yaqin t. y. stansiyasi — Jizzax (64 km). Axoliyey 4,7 ming kishi (2004). Shaharchaning tarixiy nomi «Xonbandi» 10-a. da qoraxoniylar tomonidan qurilgan katta suv inshooti — toʻgʻondan olingan (hozirgacha saklangan). Toʻgʻon tarashlangan granit va … Читать далее

URUGʻCHILIK

URUGʻCHILIK — oʻsimlikshunoslikning navdor urugʻlikni yalpi koʻpaytirish bilan shugʻullanadigan tarmogʻi; fan va i. ch. sohasi. Urugʻchilik urugʻshunoslik va seleksiya b-n chambarchas bogʻliq. Nav yangilash, nav almashtirish uchun q. x. ekinlarining yuqori sifatli navdor urugʻligini yetishtirish usullarini ishlab chiqish va ekinlar urugʻini yalpi koʻpaytirish b-n shugʻullanadi. Urugʻchilikning asosiy vazifalari — yangi va r-nlashtirilgan navlarning qimmatli xoʻjalik … Читать далее

PAYARIQ TUMANI

PAYARIQ TUMANI — Samarqand viloyatidagi tuman. 1926-y. 29 sent. da tashkil etilgan (markazi Chelak qishlogʻi boʻlgan). 1953-y. P. t. ning bir qismidan Narimonov tumani tuzilgan. 1959-y. da Narimonov tumani Payariq tumaniga qoʻshilgan (markazi Narimonov qishlogʻi). 1991-y. da Payariq tumanidan Chelak tumani ajralib chiqqan. 2001-y. da yana P. t. bilan Chelak tumanlari birlashtirilib, ular negizida Payariq … Читать далее

USMAT

USMAT — Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi shaharcha (1994-y. dan), tuman markazi. Viloyat markazi (Jizzax) dan 70 km. Yaqin t. y. stansiyasi — Gʻallaorol (45 km). Aholisi 10,5 ming kishi (2004). Abu Saʼd Abdulkarim Samʼoniyning «Kitob alansob» («Nisbalar kitobi») asarida (12-a.) U. ning nomi «Usmand» shaklida berilgan. Usmatdan fiqhshunos Abul Fath Muhammad ibn Abdulhamid alUsmandiy asSamarqandiy … Читать далее

JIZZAX VILOYATI

JIZZAX VILOYATI — OʻzR tarkibidagi viloyat. Respublikaning markaziy qismida. 1973-y. 28 dek. da tashkil etilgan. Shim.-sharqda Qozogʻiston Respublikasi va Sirdaryo viloyati, jan.gʻarbda Samarqand, Navoiy viloyatlari, jan.-sharqda Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh. Mayd. 21,1 ming km2. Aholisi 991 ming kishi (2001). Jizzax viloyatida 12 qishloq tumani (Arnasoy, Baxmal, Doʻstlik, Jizzax, Zarbdor, Zafarobod, Zomin, Mirzachoʻl, Paxtakor, Yangiobod, Forish, … Читать далее