MARJONBULOQ OLTIN KONI

MARJONBULOQ OLTIN KONIJizzax viloyati Gʻallaorol tumanidagi kon. Bahorikor t. y. stansiyasidan 9 km sharqda, Jan. Nurota togʻlarining sharqiy tarmogʻidagi Marjonbuloq qirlarida joylashgan. Sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan oltin rudalari Markaziy va Gʻarbiy uchastkalardan qazib olinadi. Rudalanish deyarli kenglik boʻylab yotuvchi uchta tik yon bagʻirli uzilma zonasida (Shim., Oraliq va Jan.) joylashgan. Hozirgacha toʻrtta uchastka — Sariqbel, Ukraina, Gʻarbiy va Tangi razvedka qilingan, shuningdek, Sharqiy va Goʻshsoy uchastkalari baholangan. Rudadagi oltin mikdori oʻrtacha 2—6 g/t. 25 ta rudali tana aniqlangan. Rudalanish jarayonida 60 dan ziyod mineral vujudga kelgan. Rudadagi sulfidlar miqdori 0,5 dan 5,0% gacha. Oltinli rudalanish uchun pirit-arse-nopiritli mineral assotsiatsiyasi, ayniqsa, xarakterli. Oltin probasi 680—740 oraligʻida. Elementlarning ruda maydoniga xos ikkita geokimyoviy assotsiatsiyasi — As-Au-Ag va Ni-Zn-Pb • Sb Ai aniqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x