USMAT

USMATJizzax viloyati Baxmal tumanidagi shaharcha (1994-y. dan), tuman markazi. Viloyat markazi (Jizzax) dan 70 km. Yaqin t. y. stansiyasi — Gʻallaorol (45 km). Aholisi 10,5 ming kishi (2004).

Abu Saʼd Abdulkarim Samʼoniyning «Kitob alansob» («Nisbalar kitobi») asarida (12-a.) U. ning nomi «Usmand» shaklida berilgan. Usmatdan fiqhshunos Abul Fath Muhammad ibn Abdulhamid alUsmandiy asSamarqandiy (12-a.), Abdullo Usmatiy ibn Muhammad Yusuf Xalifa («SharhalIlyos» asarini yozgan) yetishib chiqqan.

Usmatda «Nurli quyosh» agroxizmat markazi, 3 umumiy taʼlim maktabi, 2 kasbhunar kolleji, iqtidorli bolalar litsey internati, avtokorxona, qurilish materiallari i. ch. korxonasi, dehqon bozori, sport majmuasi, «Motamsaro ona» Xotira xiyoboni, madaniyat uylari, markaziy kutubxona mavjud. Markaziy kasalxona, dorixona, qishloq vrachlik punkti, 20 savdo doʻkoni, 15 umumiy ovqatlanish korxonasi, 10 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi, 5 tegirmon faoliyat koʻrsatadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x