MUSHMULA

MUSHMULA (Mespilus) — raʼnodoshlarga kiruvchi mevali daraxt. 2 turi mavjud:

1) Yapon Mxi yoki lokva — bu doim yashil oʻsimlik vatani — Sharqiy Osiyo. Daraxt bal. 6—8 m, tanasining va shoxlarining rangi toʻqkulrang. Barglari yirik, dagʻal, shakli uzun-choq, baʼzan ovalsimon, uchi oʻtkir, yuzasi yaltiroq, yaproqning ostki tomoni tukli. Mushmula kech kuzda yoki qish boshida gullaydi. Gullari gulshodaga toʻplangan boʻlib, juda nozik va xushboʻy, rangi ochsariq. Mevalari shingil boʻlib, har bir shingilda 12 tadan noksimon va, baʼzan, dumaloq shakldagi mevalar joylashgan. Mevaning yuzasi bir oz tukli. Eti sersuv, mayin, taʼmi shirin – nordon. Meva tarkibida 39% suv, 0,35% protein, 0,06% moy, 8,95% saxaroza, 0,94% dekstroza va 0,26% kul mavjud. Har bir meva ichida 2—3 tadan yirik urugʻi boʻlib, meva ogʻirligining 20—25% ni tashkil etadi. Mevasi apr. oxiri — mayning boshlarida pishadi. Mushmula daraxti 5—6-yili hosilga kiradi. 8—12 yoshligida 30—50 kg hosil beradi. Mevasi isteʼmol qilinadi, konserva sa-noatida qayta ishlanadi. Urugʻidan likyor tayyorlanadi, guli parfyumeri-yada ishlatiladi.

2) German Mushmulasi yoki oddiy Mushmula — butasimon, baʼzan, daraxt shaklida boʻlib, boʻyi 3—6 m. Eron, Kichik Osiyo va Bolqon yarim orollarining sernam zonalarida, Kavkazda, Qrimda uchraydi va ekiladi. Shuningdek, AQSHda qam ekiladi. Yovvoyi turlarining novdalari tikanli. Barg shakli lentasimon yoki tuxumsimon, guli yakka, yirik, rangi oq. Mevasi danakcha, eti qattiq, pishgach yumshaydi. Taʼmi shirin. Meva tarkibida 10% kand, 1,1% olma kislotasi, 1,6— 11,8 mg% vitamin S mavjud. Mushmulaning ikkalaturi ham mevali ekinlarga kirmaydi. Mushmula, asosan, urugʻdan koʻpayadi, behi va doʻlanaga payvand qilish ham mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x