METROPOLITEN

METROPOLITEN, metro (yun. metropolis — bosh shahar, markaz) — koʻp sonli yoʻlovchilarni tashishga moʻljallangan relsli tezyurar elektr transport turi. Ishonchli xavfeizlik tizimlari bilan jihozlanadi. Metropoliten yoʻllari yer ustida, yer yuzasida va yer ostida joylashishi mumkin. Metropoliten yoʻllari shaharning rivojlanish rejalarini, yoʻlovchilar oqimlarini, turar joy massivlari, i. ch., savdo va dam olish markazlarining joylashuvini, shuningdek, shahar … Читать далее

KIBERNETIKA INSTITUTI

KIBERNETIKA INSTITUTI, «Zamonaviy informatsion texnologiyalari» ilmiy texnika markazi qoshidagi Kibernetika inti — kibernetika masalalari bilan shugʻullanadigan ilmiy muassasa. Oʻzbekiston FA V. I. Romanovskiy nomli Matematika institutida 1956-y. «Hisoblash texnikasi» boʻlimi tashkil etildi. Bu boʻlim qisqa vaqt ichida xalq xoʻjaligining muhim va zarur masasalarini yechishga kirishdi. 1959-y. da Oʻzbekistonda birinchi boʻlib «Ural1» EHM si ishga tushirildi. … Читать далее

SEL OMBORI

SEL OMBORI, selxona, sel saqlagich — sel oqimlarini tartibga solish va hududni sel vayrongarchiligidan muhofaza qilish uchun moʻljallangan gidrotexnika inshooti; seddan himoya vositalarining asosiy turi. Sel ombori aksariyat soy oʻzanlarini toʻgʻon bilan toʻsib barpo qilinadi. Toʻgʻonlar tuproq, qumloqi va shagʻalli toshtuproqlar, temirbeton konstruksiyalar va b. dan quriladi. Kichik So. sigʻimi ming va oʻn ming m3, … Читать далее

ENERGETIKA VA AVTOMATIKA INSTITUTI

ENERGETIKA VA AVTOMATIKA INSTITUTI, Oʻzbekiston FA Energetika va avtomatika instituti — energetika va avtomatikaga doir ilmiy tekshirish ishlari bilan shugʻullanadigan ilmiy muassasa. SSSR FA Oʻzbekiston filiali (OʻzFAN)ning energetika boʻlimi negizida 1941-yilda Energetika instituti nomi bilan tashkil etilgan. 1956-yildan Oʻzbekiston FA Energetika va avtomatika inti, 1963-yildan Oʻzbekiston Energetika va avtomatika ilmiy tekshirish instituti deb atalgan, 1981-yildan … Читать далее

ELEKTR APPARATLAR

ELEKTR APPARATLAR — turli qurilmalar, mashinalar, mexanizmlar va boshqalarning elektr va noelektr parametrlarini oʻzgartirish, rostlash, oʻlchash, nazorat qilish hamda ularni ortiqcha kuchlanishlardan himoya qilish uchun moʻljallangan elektr qurilmalar. Vazifasiga koʻra, kommutatsion, ishga tushiruvchirostlovchi, rostlovchi, cheklovchi, oʻlchovchi, nazorat qiluvchi turlarga boʻlinadi. Ishi qanday fizik hodisaga asoslanganligiga qarab, Elektr apparatlarni elektromagnit, issiqlik, induksion va boshqalar turlarga ham … Читать далее

ELEKTR TOKINI UZATISH

ELEKTR TOKINI UZATISH — elektr st-yasidan elektr energiyasini muayyan masofaga elektr uskunalari va qurilmalari yordamida yetkazib berish. Elektr tokini uzatish qurilmalariga kuchlanishni kuchaytiruvchi va pasaytiruvchi transformatorlar, tayanchlarga tortiladigan simli va yerga koʻmiladigan kabelli elektr uzatish liniyalari, avariyaga qarshi va himoyalash avtomatika apparatlari kiradi. Energiya liniya orqali uzatilayotganda sim qarshiligini yengish uchun energiyaning maʼlum qismi yoʻqoladi. … Читать далее

ENERGETIKA

ENERGETIKA — energiyaning har xil turlarini hosil qilish, ularni bir turdan ikkinchi turga oʻzgartirish, muayyan masofaga uzatish va yetkazib berish, ulardan barcha sohalarda foydalanishni hamda shular bilan bogʻliq nazariy va amaliy muammolarni hal qilishni oʻz ichiga olgan xalq xoʻjaligi, fan va texnika sohasi. Insoniyat taraqqiyotida kishilarning turli energiya manbalariga boʻlgan ehtiyojlari ularni tabiiy manbalar — … Читать далее

MASHINASHUNOSLIK

MASHINASHUNOSLIK — mashinalarni yaratish, ulardan samarali foydalanishga doyr nazariy bilimlar va amaliy tavsiyanomalarni ishlab chiqish bilan shugʻullanadigan fan; mashinalarning qaysi tarmoqlarga oidligi va qanday vazifani bajarishidan katʼiy nazar mashinasozlikning umumiy masalalari va muammolari boʻyicha i. t. ishlari majmuini qamrab oladi. Mashinashunoslik fan va texnika taraqkiyoti asosini tashkil qiladigan fanlardan biri. Asosiy boʻlimlari: materialshunoslik, mashina va … Читать далее

FOZILOV Hosil Fozilovich

FOZILOV Hosil Fozilovich (1909.28.8 Toshkent 2003.8.3) energetik olim. Oʻzbekiston FA akad. (1956). Oʻzbekistonda xizmat kursatgan fan va texnika arbobi (1959); Uzbekistonda xizmat kursatgan energetik (1989). Texnika fanlari dri (1953), prof (1954). Oʻrta Osiyo industrial intini tugatgan (1934). Toshkent politexnika intida assistent (193537), ToshPIda katta oʻqituvchi, dotsent (194047), Oʻzbekiston Oʻzbekiston FA Energetika in-ti direktori (1956—62), Oʻzbekiston … Читать далее

RADIOOʻLCHASHLAR

RADIOOʻLCHASHLAR — radiotexnik qurilmalarning infratovush va oʻta yuqori chastotalar diapazonidagi ishini ifodalovchi elektr, magnit va elektromagnit kattaliklarni hamda ularning nisbatlarini oʻlchash. Radiooʻlchashlar radiotexnika va elektronika bilan bir davrda paydoboʻlgan. Radiooʻlchashlar elektr kattaliklarni oʻlchash usuliga asoslanadi. Radiooʻlchashlar elektr oʻlchanadigan kattaliklarning koʻpligi va chegarasining kengligidir (Mas, kuchlanish boʻyicha 10 s — 103 V, quvvat boʻyicha 10~16 — … Читать далее