RADIOOʻLCHASHLAR

RADIOOʻLCHASHLAR — radiotexnik qurilmalarning infratovush va oʻta yuqori chastotalar diapazonidagi ishini ifodalovchi elektr, magnit va elektromagnit kattaliklarni hamda ularning nisbatlarini oʻlchash. Radiooʻlchashlar radiotexnika va elektronika bilan bir davrda paydoboʻlgan. Radiooʻlchashlar elektr kattaliklarni oʻlchash usuliga asoslanadi. Radiooʻlchashlar elektr oʻlchanadigan kattaliklarning koʻpligi va chegarasining kengligidir (Mas, kuchlanish boʻyicha 10 s — 103 V, quvvat boʻyicha 10~16 — 108 Vt, chastota boʻyicha 10~4 — 1012gs). Radiooʻlchash usullarining qoʻllanish sohalari: elektr va radioelementlar parametrlarini oʻlchash; yarimoʻtkazgichli va elektrvakuum elementlar, asboblar va qurilmalarning ish rejimini aniqlash; elektron va radiotexnik qurilmalarning tafeilotlarini oʻrganish; radiooʻlchash asboblarini, radiotexnik bloklar, qurilmalar va tizimlarni darajalash hamda kalibrlash (vattmetrlar, radiopriyomniklar va b.).

Ishlatilishiga qarab, lab. da, i. ch. da va dala sharoitlarida foydalanadigan xillarga boʻlinadi. Laboratoriyada foydalaniladigan Radiooʻlchashlar usullari parametrlarni juda aniq oʻlchashi bilan farq qiladi. Ishlab chiqarishda foydalaniladigan ishlab chiqariladigan buyumlar parametrlarini nazorat qilish uchun xizmat qiladi. Dala sharoitida turli radiotexnik qurilmalar yoki atrof muhit parametrlarini operativ tekshirish va oʻlchashda foydalaniladi.

Vazifasiga qarab, Radiooʻlchashlar kuchlanish, quvvat, chastota va fazalarning siljishini oʻlchaydigan xillarga boʻlinadi.

Noelektr kattaliklar (chiziqli oʻlchamlar, tra, bosim va b.)ni Radiooʻlchashlar usuli b-n aniqlashda radiooʻlchash asboblari turli oʻzgartirgichlar bilan birgaklida qoʻllaniladi.

Radiooʻlchashlar radioaloqa, televideniye, radiolokatsiya, avtomatika vositalari, hisoblash texnikasi, diagnostika texnikasi apparatlarini ishlab chiqishda, ishlatishda, shuningdek, elektron asboblar hamda elementlarni tayyorlashda qoʻllaniladi. Radiooʻlchashlar usullaridan fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot, geologiya va b. sohalarida foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x